"Atletiko" Gyundoganga qiziqmoqda
04 noy 2022 21:52
Yangiliklar
"Atletiko" Gyundoganga qiziqmoqda
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan "Atletiko"ga o'tishi mumkin.
Yarim himoyachining "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi. Agar yaqin orada ingliz jamoasi bilan shartnoma uzaytirilmasa, futbolchi klubni tark etishi mumkin.
Nashrning yozishicha, “Atletiko” 32 yoshli yarim himoyachiga asosiy davogarlar qatorida turibdi. Madrid klubi sport direktori Andrea Berta jamoa Gyundoganni sotib olmoqchi ekanligini takidladi.
Germaniyalik yarim himoyachi joriy mavsum barcha musobaqalarda 17 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 25 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar