So’nggi yangiliklar

10:05Мареска "Бавария" билан ўйиндаги ҳакамликни танқид қилди  0 09:40Рустам Турдимуродов: "Сурхон" ҳеч қайси жамоадан кам эмаслигини исботлаймиз"   2 09:20Here we go! Жозе Моуринью "Бенфика" таклифини қабул қилди  5 08:50Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳамма ўз хатосини билади"   0 08:20Суперлига. "Пахтакор" сўнгги бор Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  3 07:55Факт. "Машъал" бугун тарихий натижа қайд этиши мумкин  1 07:25Суперлига. Бугун 22-турга старт берилади   0 07:00"Бургутлар" ОЧЛ-2да юришини бошлади. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувидан галерея   1 02:44ОЧЛ 2. Роналдусиз "Ал Насср" Тожикистоннинг "Истиқлол" клубига жавобсиз бешта гол урди  7 02:38Туркия. Шомуродов ассист берган ўйинда "Истанбул Башакшеҳир" "Фотиҳ Карагюмрук"ни мағлубиятга учратди  5 02:05ЕЧЛ. "Бавария" Мюнхенда "Челси"ни мағлубиятга учратди  34 02:05ЕЧЛ. "Ливерпуль" охирги дақиқалардаги гол эвазига камбэк қилаёзган "Атлетико"ни таслим этди. ПСЖ ва "Интер" ўз ўйинларида ғалаба қозонишди  30 00:53"Реал"нинг Хёйсенни четлатилиши бўйича берган апелляцияси рад этилди  1 00:30ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" 0:0  12 23:54ОЧЛ 2. Эроннинг "Истиқлол" клуби "Ал Васл"га ўта йирик ҳисобда мағлуб бўлди. Ўзбек футболчилари қайдномада йўқ эди  3

"Atalanta" sensaciyasi davom etadimi yoki PSJ 25 yil deganda yarim finalga chiqadimi? Prevyu Yangiliklar

"Atalanta" sensaciyasi davom etadimi yoki PSJ 25 yil deganda yarim finalga chiqadimi? Prevyu

Bu mavsum ECHL eng katta sensaciyasi sohibi "Atalanta" klubi chorak finalda Franciya chempioni PSJ klubiga qarshi o'ynaydi.

Koronavirus pandemiyasi tufayli chorak va yarim final o'yinlari bitta uchrashuvdan iborat bo'ladi hamda Portugaliyaning Lissabon shahrida bo'lib o'tadi. Final ham aynan shu erda o'tkaziladi.

"Atalanta" bu mavsum Evropa chempionlar ligasida debyut qilmoqda. Klub 29 yil deganda evrokuboklar chorak finaliga chiqishga erishdi. PSJ esa oxirgi 8 mavsumda beshinchi bor ECHL chorak finaliga etib keldi. Biroq parijliklar 1995 yildan buyon yarim finalga chiqa olishmayapti. Bu mavsum barcha musobaqalarni hisobga olganda "Atalanta" 47ta o'yinda 115ta gol urdi, PSJ esa 46ta uchrashuvda 131ta to'p kiritdi.

"Atalanta" yaqinda yakunlangan Italiya A seriyasida 3-o'rinni egalladi. Jamoa chempionatda 98ta gol urdi va bu borada rekord o'rnatdi. ECHL guruh bosqichini esa uchta mag'lubiyat bilan boshlagandi. Keyingi uchta o'yinda 7 ochko to'plagan Jan Pero Gasperini shogirdlari keyingi bosqichga chiqishdi. Nimchorak finalda Ispaniyaning "Valensiya" klubi osonlik bilan (4:1, 4:3) dog'da qoldirildi.

PSJ esa Franciya chempionati muddatdan avval tugatilgani bois uzoq muddat rasmiy o'yinlarsiz qolib ketdi. Yoz fasli o'rtasida Franciya kubogi so'ngra Franciya liga kubogini qo'lga kiritdi. CHempionlar ligasi guruh bosqichida parijliklar 6ta o'yinda 17ta gol urishdi va 16 ochko to'plashdi. CHorak final yo'lida Dortmundning "Borussiya"siga safarda yutqazib qo'ygan (1:2) PSJ o'z maydonida 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

Bugun "Atalanta"ga asosiy darvozabon Perluidji Gollini jarohat tufayli yordam bera olmaydi. Jamoaning bu mavsum ECHLdagi to'purari Yosip Ilichich (5ta gol) shaxsiy sabablarga ko'ra maydonga tusha olmaydi.

PSJda ham yo'qotishlar bor. Kilian Mbappening maydonga tushishi so'roq ostida, biroq u ham jamoa bilan birga Portugaliyaga kelgan. Anxel Di Mariya diskvalifikaciya qilingan, Verratti va Kyurzavada jarohat bor.



"Atalanta" - PSJ
12 avgust. Lissabon. "Eshtadiu da Luj" stadioni. 23:59.
Bosh hakam
- Entoni Teylor (Angliya).
Translyaciya - "Futbol TV", "Match-TV, MATCH! Futbol 1".
TAXMINIY TARKIBLAR: 
"Atalanta": Sportello; Palomino, Toloy, Djimshiti; Xatebur, de Roon, Froyler, Gosens; A. Gomes, Malinovskiy; Sapata
O'ynamaydi: Gollini (jarohat), Ilichich (shaxsiy sabab)

PSJ: Navas; Kerer, Tyago Silva, Kimpembe, Bernat; Errera, Markinos, Geye; Sarabiya, Ikardi, Neymar
O'ynamaydi: Di Mariya (diskvalifikaciya), Verratti (jarohat), Kyurzava (jarohat)
So'roq ostida: Mbappe (jarohat)


Muallif taxmini: "Atalanta"ga yo'qotishlar pand berishi mumkin, PSJ tajriba evaziga yarim finalga chiqadi.



Atalanta

Mario Pasalic - 27'

Champions League Final Stage . 1/4-tur

13/08/2020, 01:00

2
:
1
Tugadi

Paris Saint-Germain

Marquinhos - 90', Eric Maxim Choupo-Moting - 90'

Stadion: Estadio da Luz, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Anthony Taylor

45'
90'
27'  Mario Pasalic
27'  Duvan Zapata
37'  Berat Djimsiti
45'  Remo Freuler
50'  Marten de Roon
53'  Duvan Zapata
60'  Alejandro Gomez (Ruslan Malinovsky)
60'  Berat Djimsiti (Jose Luis Palomino)
67'  Rafael Toloi
70'  Mario Pasalic (Luis Muriel)
82'  Robin Gosens (Timothy Castagne)
82'  Duvan Zapata (Jacopo Da Riva)
85'  Jose Luis Palomino
55'  Juan Bernat
57'  Ander Herrera
60'  Pablo Sarabia (Kylian Mbappe)
72'  Ander Herrera (Julian Draxler)
73'  Idrissa Gana Gueye (Leandro Paredes)
76'  Leandro Paredes
79'  Keylor Navas (Sergio Rico)
79'  Mauro Icardi (Eric Maxim Choupo-Moting)
90'  Marquinhos
90'  Neymar
90'  Eric Maxim Choupo-Moting
90'  Kylian Mbappe


Narzulla tayyorladi

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика