"Aston Villa" Asensioni PSJdan sotib olishga qaror qildi
13 mar 11:17
Yangiliklar
"Aston Villa" Asensioni PSJdan sotib olishga qaror qildi
"Pari Sen-Jermen" vingeri Marko Asensio "Aston Villa"ga doimiy asosda ko'chib o'tishi mumkin.
Ispaniyalik Unai Emeri jamoasida o'zini juda muvaffaqiyatli ko'rsatmoqda: uning hisobida jamoa safida barcha musobaqalarda sakkizta o'yinda ettita gol bor. "Aston Villa" Asensioni PSJdan sotib olish ustida ish olib bormoqda.
29 yoshli futbolchi uchun 2028 yilgacha mo'ljallangan va yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyatiga ega shartnoma allaqachon tayyor. Marko Asensio chorshanba kuni Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o'rin olgan "Bryugge"ga (3:0) qarshi javob o'yinida ikkinchi bo'lim boshlanishidan oldin zaxiradan maydonga tushib, dubl qayd etdi.
Transfermarkt portali "Real" sobiq futbolchisining narxini 20 mln evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar