Asror Aliqulov: "Standart vaziyatlar bizga qimmatga tushdi"
11 apr 22:47
Yangiliklar
Asror Aliqulov: "Standart vaziyatlar bizga qimmatga tushdi"
O'yin haqida
- O'yinga kirishib ketishda qiyinchliklarga duch keldik. Tezkor gol va standart vaziyatlar bizga qimmatga tushdi. Hisob 2:1 bo'lib turganida, bizga nisbatan qo'pollik bormidi, hakam bunga etibor qaratmadi. Umuman olganda, "Neftchi" bugun yaxshiroqdek ko'rindi. Darajalar o'rtasidagi farq sezilib qoldi. Harakat qildik, kuchimiz etmadi.
- Ikkinchi bo'limda darvozabon almashtirildi. "Neftchi"ning ikkinchi golida jamoangiz posbonini qanchalik ayblagan bo'lardingiz?
- Burchakdan gol urishadi, sizning darvozaboningiz uchun bu qiyin bo'lmasligi kerak. Birinchi golda ham darvozabonda ishonchsizlik sezildi. Biz shu bois darvozabonni almashtirdik.
- Birinchi va ikkinchi gol jamoa ruhiyatiga tasir qildi. Bu haqida fikringiz?
- Buni futbolda tezkor gol deyishadi. Biz "Andijon"da ham birinchi bo'lib gol o'tkazgandik. Qo'pol xato bo'ldi, tarkibda rotaciyalarni amalga oshirayapmiz. Bizga himoyada ham etakchi etishmadi.
- “Andijon"dagi o'yin darajasini bugun "Mashal"da ko'rmadik. Bu jismoniy tayyorgarlik sababmi?
- Yo'q, buni jismoniy holat demagan bo'lardim. Biz harakat qildik, yigitlar borlarini berishdi. Biroq, futbolda darajaning o'rni ham alohida ahamiyat kasb etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar