So’nggi yangiliklar

00:11А Серия. "Пиза" - "Ювентус" баҳси асосий таркиблари маълум қилинди  0 23:59Витинья Гвардиола билан ишлашга қарши эмас  0 23:35FUTSAL AWARDS-2025: Йилнинг энг яхшиларини тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  0 23:19Флориан Виртц илк голи ҳақида нималар деди?  0 22:55АПЛ. "Ливерпуль" - "Вулверхэмптон" учрашувидан кейинги фактлар  1 22:41"Нефтчи" Убайдуллаев билан икки йиллик шартнома имзолади  3 22:19Ўзбекистон U-21 ўртоқлик ўйинида Иордания U-23 билан дуранг ўйнади  0 22:00АПЛ. "Ливерпуль" ва "Арсенал" кичик ҳисобда ғалабалар қайд этди  2 21:51Саудия Арабистони. 10 ўйинда 10 ғалаба: "Ал Насср" ўз майдонида "Ал Уҳдуд"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  8 21:44АПЛ. "Челси" - "Астон Вилла" учрашуви асосий таркиблари маълум!  5 21:33"Нефтчи" Эргашев, Сайфиев ва Алибоев билан шартномани узайтирди  4 21:2010 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар  15 20:52Ван Дейк "Вулверхэмптон"га қарши ўйиндан олдин Жотанинг фарзандлари билан майдонга тушди  3 20:24Пеп Гвардиола: "Байрамда йиғилган барча ортиқча вазн шу ўйинда ташланди"  1 19:55"Реал" Себальоснинг ўрнига 60 млн евролик футболчини сотиб олиши мумкин  3

Asror Aliqulov: "O'tgan o'yindagi xatolarni takrorlamaslikka harakat qildik" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "O'tgan o'yindagi xatolarni takrorlamaslikka harakat qildik"

Pro-liganing 19-turidan o'rin olgan "Aral Samali" - "SHo'rtan" (0:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.


O'yin haqida

- Birinchi navbatda o'tgan o'yindagi xatolarni takrorlamaslikka harakat qildik. Bugungi o'yinning birinchi bo'limida juda ko'p vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Ikkinchi bo'limda yaxshi vaziyatlarga erishdik. "Aral Samali" ham kurashuvchan jamoa, ayniqsa o'z maydonida g'alaba uchun o'ynaydi. Bugun biz o'yinni yutish uchun harakat qildik va yakunda maqsadga erishdik. Jamoamiz azolari va muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman.

- Yuzaga kelgan tanaffus vaqtida "SHo'rtan" jamoasida qanday o'zgarishlar bo'ldi?

- Moliyaviy tomondan rahbariyat va xomiylarimiz qo'llab-quvvatlayapti. Hozirda bu borada muammo yo'q. 

- "Aral Samali"dan bugun qaysi futbolchini alohida ajratib ko'rsatgan bo'lardingiz?

- Hujumdagi futbolchi, jamoa sardori va bo'ydor himoyachi yaxshi o'yin ko'rsatdi. Bu futbolchilarni anchadan buyon bilamiz, tayyorgarlik jarayonida ham alohida etibor qaratdik. Qolgan futbolchilarning ko'pchiligi yosh.

- "SHo'rtan" himoyaviy futbol o'ynagadek ko'rindi. Bu sizning futbolchilik vaqtida himoyachi bo'lganligingiz bilan bog'liqmi?

- Bu ko'proq raqibdan kelib chiqdi. Suniy maydon va raqibning uzun uzatmalari bilan bog'liq edi. Birgina gol o'yin taqdirini o'zgartirib yuborishini mumkinligini hisobga olib himoyachilarimizga etiborli bo'lishlarini uqtirgandik.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика