So’nggi yangiliklar

01:17"Реал" Карвахаль ўрнига ҳимоячи сотиб оладими?  0 00:31Пол Скоулз: "Тен Хагнинг баҳоналари тугаб боряпти"  3 00:00"Олтин тўп" соҳиби Диего: "Беш ой олдин оёғимни операция қилдирдим. Ўзбекистонга келганимда, чап оёғимни ишлатолмасдим"  0 23:50"Шаҳарликлар" ҳужумга ўтди. "Манчестер Сити" АПЛда компенсация талаб қилмоқчи  0 23:28Марсель: "Олтин бутса"ни қўлга киритиш энг катта орзуларимдан бири эди. Бироқ ундан ҳам юқори мақсадим бор эди"  0 23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  4 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  6 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0 22:16Хосе Венансио Лопес Ўзбекистон футзал терма жамоасини тарк этди  11 22:11Тожикистон терма жамоаси Россия билан ўйнашни хоҳламади  6 21:48Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Сурхон" 1:3  2 21:39Тўртта таймдан иборат назорат учрашувида ОКМК "Локомотив"ни таслим қилди  0 21:11Ўзбекистон терма жамоаси йиғини бошланди, Машарипов ва Шукуровдан интервью  4 21:09Ўзбекистон МТЖ Эрон ва БАА қарши ўйинларга тайёргарликни бошлади  15

Asror Aliqulov: “Mashal”dagi ichki muhit meni juda xursand qildi” Yangiliklar

Asror Aliqulov: “Mashal”dagi ichki muhit meni juda xursand qildi”

Yaqin o'tmishning mohir himoyachilaridan biri bo'lgan Asror Aliqulovning ayni damda murabbiylikda faoliyat yuritayotganini muxlislar yaxshi bilishsa kerak.

O'tgan mavsum “SHo'rtan”da yoshlar jamoasi bilan ishlagan murabbiy yaqinda “Mashal”dan tushgan taklifni qabul qildi. SHu tariqa endi “Mashal” yoshlar jamoasini Aliqulov boshqaradigan bo'ldi. Kuni-kecha Asror Aliqulov bilan suhbatlashib, sobiq jamoasiga murabbiy sifatida qaytishi va u erdagi dastlabki taassurotlarini bilishga qiziqdik.
- Asror aka, o'tgan hafta “Mashal” yoshlar jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandingiz. “Gazchilar”ning chorlovi siz uchun kutilmagan bo'ldimi?
- Yo'q, klub rahbariyati o'tgan yili ham meni jamoa murabbiylar shtabida ko'rishni istayotganini aytgandi. Lekin o'shanda “SHo'rtan”dagi ishimni yakunlab qo'yishni lozim topgandim. Bilasiz ortda qolgan mavsumda G'uzor jamoasining yoshlari bilan ishlaganman. Jamoadan ketishni istamagandim. Mana bu yil yana “Mashal”dan taklif bo'ldi. Bu safar ularning chorlovini labbay deya qabul qildim.

- Muborak jamoasi siz uchun begona emas. To'g'rimi?
- Ha, ilgari bu jamoada o'ynaganman. 1995-96- yillar davomida “Mashal”da futbolchilikdagi ilk qadamlarimni tashlaganman. Oradan 23 yil vaqt o'tib, murabbiy sifatida jamoaga qaytdim.

- Ilk taassurotlaringiz qanday?
- Albatta bu erdagi muhitni ilk bor ko'riboq, juda xursand bo'ldim. Ajoyib kollektiv yig'ilgan. Ishlash tizimi ham juda to'g'ri yo'lga qo'yilganiga amin bo'ldim. Eng shimarib ishlash uchun barcha sharoitlar yaratilgan. SHu bois astoydil ishga kirishdik. SHuni ham alohida takidlab o'tishni istardimki, Muborakda yashab, ishlashim uchun klub rahbariyati tomonidan barcha sharoitlar yaratib bergan. Buning uchun ularga minnatdorchilik bildiraman.  

- Rahbariyat tomonidan oldingizga qanday vazifa qo'yildi?
- O'zingizga yaxshi malumki, Muborakdagi futbol akademiyasidan har yili iqtidorli o'yinchilar etishib chiqadi. Mendan talab qilinadigan vazifa shuki, asosiy jamoaga munosib futbolchilarni tayyorlab borish. Yoshlar ligasida qaysidir o'rinni egallash u qadar katta ahamiyat kasb etmaydi. SHuning uchun asosiy etiborni ko'proq yoshlarni to'g'ri tarbiyalashga qaratamiz.

- Yangi jamoada ishni nimadan boshladingiz?
- Bu erda ishga kirishganimga hali ko'p vaqt bo'lgani yo'q. SHu bois eng avvalo ixtiyorimizdagi futbolchilar bilan yaqindan tanishib bormoqdamiz. SHu orqali ular bilan yaqindan til-topishib ketamiz degan umiddaman.

- Tarkibda asosan nechanchi yilda tug'ilgan futbolchilar bo'lishi ham aniqlab olindimi?
- Hozir yig'inimizda ishtirok etayotgan 1996 yilda tug'ilgan futbolchilar ham mavjud. Ularning eng kichigi 2001 yilda tavallud topgan bolalar bo'ladi.

- Yangi mavsumda sizga kimlar yordam beradi?
- Mahalliy murabbiylar Dilshod Bolliev va Aktam Berdiev yaqindan ko'maklashadigan bo'ldi. Bular hozir tarkibdagi futbolchilarning imkoniyatlarini juda yaxshi biladi.  

- “Mashal” jamoasi bosh murabbiyi bilan uchrashib, suhbatlashish fursati bo'ldimi?
- Hozirda asosiy tarkib azolari Yangierdagi qarorgohda yig'in olib borayotgani sababli Aleksandr Xomyakov bilan ko'rishib, gaplashmadik. Lekin bu murabbiy bilan ilgari ish yuzasidan ko'p suhbatlashganmiz. Ayrim masalalar bo'yicha murojaat qilganman. O'z maslahatlarini sira ayamagan. Bosh murabbiyimizning ishlash jarayoni meni juda qiziqtiradi. Hali mavsum davomida murabbiylikda bilmagan narsalarimni o'rganib boraman.  

- “Mashal” yoshlar jamoasining bo'lajak chempionatga tayyorgarlik jarayoni qanday kechmoqda?
- Hozircha Muborakdagi klub qarorgohida kuniga ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazmoqdamiz. Aksariyat yoshlarni ko'rikdan o'tkazmoqdamiz. Yaqinda boshlanadigan ananaviy turnir – Qashqadaryo viloyati hokimi kubogida ishtirok etish rejaga kiritilgan. Ushbu musobaqadagi o'yinlar orqali qo'l ostimizdagi futbolchilarning imkoniyatlarini ko'zdan kechirib boramiz. Nasib qilsa chempionat startiga qadar Yangier shahridagi qarorgohga borib, qisqa muddatli yig'in o'tkazib qaytish ham rejadan o'rin olgan. Qolganini vaqt ko'rsatadi.  

- O'tgan mavsum “SHo'rtan”da ham yoshlar jamoasini boshqargansiz. “Mashal” bilan taqqoslaganda qay darajada farq bor?
- To'g'risini aytganda, G'uzorda bolalar futboli hozircha oqsamoqda. Muborakda esa bu borada ishlash tizimi mavjuda. CHunki ilgari xorijdan kelgan mutaxassislar ham bu erda bolalar futboliga poydevor qo'yilishida katta xissa qo'shgan. Menimcha har qanday futbolchi professional futbol klubga kelishdan oldin, munosib maktab ko'rishi kerak. Nasib qilsa boshqa viloyatlarda ham bolalar futbolida yaqin orada o'sish kuzatiladi degan umiddamiz.

- Ayni paytda sizda qanday murabbiylik licenziyasi mavjud?
- Hozircha “V” licenziyasiga egaman. Kelgusida “A” licenziyasi uchun o'qish rejamda bor.  


- Siz tengi sobiq futbolchilar hozirda super liga klublarini boshqarmoqda. Sizda ham bosh murabbiy sifatida ishlash maqsadi bo'lsa kerak?
- Albatta. General bo'lishni orzu qilmagan askar, askar emas deganlaridek, men ham vaqti kelib mustaqil ravishda bosh murabbiy sifatida ishlashni xohlayman. Hozircha murabbiylik sohasida o'rganadigan narsalarim ko'p. Vaqt o'tgan sayin tajribamni oshirib borishni o'ylayapman. Ishonamanki, kelgusida men ham super liga klubini boshqaraman.

- Futbolchilikni yakunlab, qisqa fursat ichida yoshlar bilan ishlashga kirishib ketdingizyu Bu jarayon sizda qanday kechmoqda?
- Yoshlar bilan ishlashning o'ziga yarasha gashti bor. Ularga nimanidir o'rgatish oson emas. Lekin bu juda sharafli ish deb bilaman. Futbolchilik faoliyatim davomida ko'plab tajribali murabbiylar qo'li ostida o'ynaganman. Ularning har biridan nimanidir o'rgandim. Endilikda o'zlashtirgan bilimlarimni yoshlar bilan xayotda tadbiq etib bormoqdaman. Bu ish men uchun juda qiziqarli kechmoqda.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.



Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика