So’nggi yangiliklar

11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  0 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  2 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  5 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  2 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  2 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  14 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  12 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  11 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  4 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  3

Asror Aliqulov: "Ikkinchi golni urib olganimizdan keyin futbolchilardagi bosim yo'qoldi" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Ikkinchi golni urib olganimizdan keyin futbolchilardagi bosim yo'qoldi"

Superliganing 12-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Mashal" (0:4) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov uchrashuv haqida fikr bildirdi.

- "Qo'qon-1912" o'z maydonida tajovuzkor o'yin ko'rsatadi, oxirigacha o'ynaydi, qarshi hujumda ko'proq harakat qiladi. O'yinda tezkor gol urdik, biroq shundan keyin ozgina sustlashdik. Oddiy holatlarda to'p yo'qotdik. O'yinga tayyorgarlik mobaynida futbolchilarga to'pni yo'qotishimiz "Qo'qon-1912"ning tezkor hujumlariga sabab bo'lishini aytgandik. Baribir futbolchilar hayajonlanishdi. Ikkinchi bo'limda ikkinchi golni urib olganimizdan keyin futbolchilardagi bosim yo'qoldi. Keyin yirik hisobda g'alaba qozondik. Uzoqdan kelgan muxlislar oldida bu g'alabani nishonladik. Bu g'alaba uchun futbolchilarimga minnatdorlik bildiraman.

- "Mashal" qachon o'z stadioniga qaytadi? Eshitishimcha hali stadionda hech qanday ishlar olib borilmayapti.

- Ish olib borilmayapti desak noto'g'ri bo'ladi, ishlar qilinmoqda. Muammolar asosan chim bilan. Yoritkichlar o'rnatilgan. Chim, VAR va sug'orish tizimi bo'yicha ishlar ketmoqda. Biz mehmonda o'ynashga majburmiz, shu sababli jamoani shunday tayyorlayapmiz. Futbolchilarga katta bosim bermasdan engilroq o'yin ko'rsatishiga, jamoaviylikka etibor beryapmiz.

- Humoyun Murtazoev ikkinchi yoshligini o'tkazyapti desak bo'ladimi? O'zbek futbolida ayni damda hujumchilar deficit bo'lib turganida "Mashal" top-hujumchiga ega, u bir vaziyatdan bitta gol ura oladi.

- U juda ko'p mehnat qiladi, buning barchasi mashg'ulotlar evaziga. O'tgan yilgiga qaraganda u ancha engil o'ynamoqda, joyidan tez qo'zg'almoqda, yaxshi kurashyapti, faollik oshgan.

- Sardor Abduraimov bugun zaxiradan o'yinga qo'shildi. Uning asosiy tarkibda o'ynashi uchun nima halaqit qilyapti?

- Bu "Qo'qon-1912" jamoasining o'yini bilan bog'liq. Bizga birinchi bo'limda kurashuvchan futbolchi kerak edi, shu sababli Sardorni ikkinchi bo'limga olib qo'ydik. U yaxshi fikrlaydi, to'p bilan yaxshi harakat qiladi, lekin himoyada muammolari bor. Uni zaxirada olib qolib, ikkinchi bo'limda tushirganimiz o'zini oqladi, u ikkinchi bo'limda hujumlarga yaxshi qo'shildi deb o'ylayman.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика