So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  5 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Asror Aliqulov: "Ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushgan futbolchilarimiz o'yinni kuchaytira olishdi" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushgan futbolchilarimiz o'yinni kuchaytira olishdi"

PRO-Liganing 20-turi doirasida "Mashal" - "Lokomotiv" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Aytishim mumkinki, o'yin muxlislarbop va qiziqarli o'tdi. Birinchi bo'limda o'ylagan rejalarimizni amalga oshira olmadik. Futbolchilar o'yinga kirishib ketishga qiynalishdi. Standart vaziyatdan to'p o'tkazib yubordik. Ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushgan futbolchilarimiz o'yinni kuchaytira olishdi. Qizil kartochka "Lokomotiv"ga tasir qildi. Etarlicha vaziyat yaratdik va yakunda g'alaba qozondik", - dedi Asror Aliqulov. 

- Birinchi bo'limdagi o'zgarish majburiy amalga oshirildimi yoki taktika edimi?
- "Lokomotiv"ning kuchli tomoni yarim himoya. Himoyachilari ham to'p bilan muomala qila oladi. Biz bir himoyachini tayanch zonasiga qo'ydik. Lekin bu o'zini oqlamadi. Qiyinchilikka duch keldi. Uning o'rniga tushgan yarim himoyachilar o'zini yaxshi his qildi. Futbolchilarimiz o'zida kuch topishdi. Buni oldindan o'ylangan, deb aytmagan bo'lardim.

- "Lokomotiv"ni yutgan jamoadan muxlislar yanada ko'prog'ini talab qiladi. Navbatdagi uchrashuvlarga tayyorgarlik uchun reja ishlab chiqilganmi?
- Suniy maydonda o'ynaymiz. Ayrim futbolchilarimizning sog'lig'ini o'ylab tavakkal qila olmaymiz. Futbolchilarning holati va raqibni hisobga olib, shunga mos futbolchilarni olib ketamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика