So’nggi yangiliklar

01:40Миллатлар лигаси. Австриядан 5:1, Грециядан ғалаба ва Фарер ороллари — Латвия ўйинида дуранг  1 01:12Коке "Атлетико"нинг 2014 йилги чемпионлиги ҳақида: "Ўзимни FIFA ўйинидаман деб ўйладим. Ўшанда "Барселона"да Месси, "Реал"да эса Роналду бор эди, даражани ўзингиз бир тасаввур қилиб кўринг"  1 00:50Биласизми? БАА терма жамоаси футболчиси Ўзбекистонга келса қамоққа олиниши мумкин   9 00:18БАА Тошкентга тўртта йўқотиш билан келди  5 23:21Терзич "Манчестер Юнайтед" бош мураббийига айланиши мумкин  2 22:58Миллатлар лигаси. Англия, Мальта ва Шимолий Македониядан ғалаба, Лихтенштейн — Гибралтар ўйинида нурсиз дуранг  0 22:40Балотелли А Серия клубига ўтишга яқин  0 22:12Эшитдик-да! Ўзбекистон Лаосга чартер рейсда бориб келади  5 21:59ЖЧ-2026 саралаши. БАА Тошкентга тўлиқ бизнес класслик самолётда учиб келди  8 21:26Салоҳ муддатидан олдин Миср терма жамоасидан "Ливерпуль"га қайтади. Нега?  2 20:34Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 20:14Ўзбекистон U-20 терма жамоаси 89-дақиқада урилган гол эвазига Аргентина билан иккинчи ўйинда дуранг қайд этди  10 20:05Миллатлар лигаси. Қозоғистон ўз майдонида Словенияга мағлуб бўлди  13 20:02Назорат учрашуви. "Локомотив" ва "Олимпик" ўзаро дуранг ўйнади  0 19:09Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулоти Остон Ўруновсиз ўтди  12

Asror Aliqulov: Hayotda yumshoq bo'lsamda, maydonda qattiqqo'lman Yangiliklar

Asror Aliqulov: Hayotda yumshoq bo'lsamda, maydonda qattiqqo'lman

Tajribali himoyachi Asror Aliqulov o'tgan yili professional futbolchilik faoliyatiga yakun yasagandi. Uning so'nggi jamoasi SHo'rtan bo'lib qoldi.

Aliqulov aynan g'uzorliklar safida o'ynovchi-murabbiy sifatida butsalarini mixga ildi. Hozirda u mazkur klub murabbiylar shtabida faoliyat olib boryapti.

Undan avval esa SHo'rtan yoshlariga ustozlik qilib, jamoani turnir jadvalining yuqori pog'onalariga olib chiqqandi. Lekin kutilmaganda uni asosiy tarkib murabbiylar shtabiga o'tkazishdi.

SHunisi aniqki, ko'z o'ngimizda yana bir istedodli murabbiy paydo bo'lyapti. O'ziga xos uslubga ega bu mutaxassisni oliy liga 21-turi doirasidagi Paxtakor - SHo'rtan uchrashuvida uchratib qoldik va tabiiyki, undan intervyu oldik.

- Asror aka, murabbiylik faoliyatingiz boshlanganiga hali ko'p vaqt bo'lgani yo'q. Ayting-chi, ilk qadamlardan ko'nglingiz to'lyaptimi?

- O'tgan yili futbolchi sifatidagi so'nggi mavsumimni o'tkazdim. Bu yildan esa murabbiylikdagi faoliyatim boshlandi. Dastlab SHo'rtan klubi rahbarlaridan yoshlar jamoasini berishlarini so'ragandim, bunga qarshi bo'lishmadi. SHu tariqa fevral oyida ish boshladim. To'g'risi, unchalik qiynalmadim. Boisi, faoliyatimning so'nggi ikki yilida asosan o'ynovchi-murabbiy sifatida faoliyat yuritgandim. Qaysidir manoda murabbiylikdagi faoliyatim ertaroq boshlangandi, deyish mumkin. SHunga qaramay, murabbiylikning masuliyati, uning yuki ish jarayonida baribir sezilaverdi. O'ziga yarasha muammolar ham bor edi. Birinchi navbatda, o'tgan yillar davomida asosiy tarkibga istedodli yoshlarni etkazib berish masalasida sustkashlikka yo'l qo'yilgandi. Asosiy jamoaga deyarli nomzodlar tayyorlab berilmayotgandi. Vaholanki, o'rinbosarlar tarkibi tuzilganiga bir necha yillar bo'lgandi. O'z oldimga aynan mana shu holatni o'zgartirish, yoshlar ligasidagi jamoada ishni to'g'ri yo'lga qo'yishni maqsad qilib qo'ygandim. Ozmi-ko'pmi bu niyatlarimga erishdim.


- Futbolchilik faoliyatingiz mobaynida anchagina taniqli murabbiylar qo'l ostida o'ynadingiz. O'sha paytlardayoq murabbiylik sir-asrorlarini yon daftarchangizga yozib yurarmidingiz? Umuman, olgan bilim va ko'nikmalaringiz hozir as­qotyaptimi?

- Albatta, yozib yurardim. Lekin baribir, nazariy bilimlar bilan amaliyot o'rtasida katta farq bor. Bu narsalarni murabbiylik faoliyatimning ilk kunlaridayoq sezdim. Kechalari uyqu bo'lmadi. Har kuni imtihondan qanday o'tarkanman, degan savollar qiynardi. Sekin-asta o'rganib, ko'nikib ketdim. Har bir sohada bo'lgani kabi futbol ham bir joyda to'xtab qolayotgani yo'q. Kundan-kunga o'zgarishlar ro'y beryapti. O'sha payt yon daftarchamga qoralab qo'yganlarim hozirgi zamonaviy futbol talablariga unchalik ham to'g'ri kelmayapti. Mana, hozir ham o'yinni kuzatib o'tiribman. Paxtakor namoyish etayotgan futboldan o'ziga yarasha nimalarnidir o'rganyapman.

- Futbolchilikdagi oltin davrlaringiz aynan Paxtakorda o'tgan. Hozirgi jamoaning o'yin uslubida o'zgarishlar ko'zga tashlanyaptimi?

- Bo'lmasam-chi. Klubga gruziyalik mutaxassis kelganidan keyin Paxtakorning o'yinida evropacha uslub ko'zga tashlanyapti. O'zbek klublarida himoyachilarning hujumga qo'shilishini deyarli ko'rmaymiz. Hozirgi Paxtakorda men shu narsaga guvoh bo'ldim. Hujumda ko'pchilik qatnashyapti. Bu esa raqib himoyachilarini sarosimaga solib qo'yadi. Natijada raqib jamoa mudofaasida parokandalik yuzaga keladi.

- Himoyachilarning hujumga faol qo'shilmasligi futbolimizdagi eng katta kamchilik emasmikan?

- SHunday desa ham bo'ladi. Yoshlarni tarbiya qilishimiz kerak. Ularga zamonaviy futbol talablarini o'rgatishimiz lozim.

- Evropa klublarida ishlayotgan qaysi murabbiylarning ish uslubini kuzatib, kerak bo'lsa o'rganib borasiz?

- Ko'proq Manchester Yunayted hamda CHelsi jamoalari ishtirokidagi o'yinlarni ko'raman. Konte va Mourinoning ish uslublarini hurmat qilaman. SHuningdek, himoyadan hujumga o'tishni xush ko'ruvchi hamda shu taktika asosida o'ynaydigan Liverpul va Tottenxem klublari o'yinini ham o'tkazib yubormaslikka intilaman.

- Murabbiy futbolchilik davrida qaysi ampluada o'ynagan bo'lsa, keyingi faoliyatida shunga moyillik sezilar ekan. Yani, o'zi bosh­qarayotgan jamoalarda himoyachi bo'lsa, himoyaviy, hujumchi bo'lsa, hujumkor uslubni ilgari suradi. Sizda bu holat qanday kechmoqda? Himoyaviy uslubga tortib ketmayaptimi?

- Murabbiy sifatida ish boshlagan ilk davrimda himoyaviy futbol tarafdori bo'lganman. CHunki mudofaani mustahkamlamay turib, hujumga o'tish - bu muqarrar mag'lubiyatga teng. SHo'rtan o'rinbosarlari bilan ishlashda qiynalganman. Ammo keyin menga ham, himoyachilarning o'ziga ham yaxshi bo'lgan. Paxtakor, Bunyodkor, Nasaf kabi kuchli jamoalarga qarshi bahslarda yoshlarimiz ancha yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Birinchi navbatda, tartib va intizom bo'lishi kerak. Bu ikki narsani jamoangizda mujassam etmay turib, ijobiy natijaga erishish mushkul.


- O'zingizni qattiqqo'l murabbiy hisoblaysizmi?

- Hayotda yumshoq tabiatli inson bo'lib ko'rinsamda, maydon va uning atrofida anchayin qattiqqo'lman. Yoshlar bilan boshqachasiga ishlab bo'lmaydi. Kerak joyda muloyimroq gapiraman. Yuqorida aytganimdek, maydonda intizom va tartib bo'lishi shart.

- O'zbek futbolida ko'proq to'p bilan ishlash, texnikaga etibor qaratiladi. Siz mashg'ulotlarda asosiy urg'uni nimaga beryapsiz?

- Asosan jismoniy tayyorgarlikka etibor qaratyapman. CHunki jismoniy kuch maromida bo'lmasa, futbolchilar ikkinchi bo'lim o'rtalariga etib bormay charchab qolishadi. Zamonaviy futbolning katta qismi yakkakurashlardan iborat.

- Yoshlar jamoasida jismoniy tayyorgarlik bo'yicha yordamchingiz bormidi?

- Yo'q, mashg'ulotlarni o'zim olib borardim.

- SHo'rtan yoshlar jamoasidan ketish oson bo'lmagandir?

- Albatta. O'zimga qolsa, ketmasdim. Boisi, bu yigitlarning potencialini yaxshi bilardim. Vaziyat shuni taqozo qildi va ketishga majbur bo'ldim. Hozir SHo'rtanning asosiy jamoasi murabbiylar shtabida ishlayapman.

- Bu jamoada asosiy vazifangiz nimada iborat?

- Bosh murabbiy yordamchisiman. Mashg'ulot jarayonida qatnashaman.

- G'uzordagi futbol maktablari, SHo'rtan klubining tayyorlov guruhlarida o'zbek futbolining ertasi bo'la oladigan istedodli yoshlar bormi?

- Bu jarayonni kuzatib boryapman. Lekin tan olish kerak, G'uzorda bolalar futboliga etibor ancha orqada qolib ketgan. O'ylaymanki, futbolimizdagi so'nggi o'zgarishlardan so'ng bu sohada ham ijobiy o'zgarishlar bo'ladi. Bolalar murabbiylari masuliyatni his qilgan holda ishlashadi.

- Istedodli futbolchini yuzaga chiqaradiganlargina haqiqiy murabbiy hisoblanadi. SHu manoda malakali mutaxassislar etarlimi?

- Afsuski, yo'q. SHunchaki, nomiga murabbiy bo'lmaslik kerak. SHu kasbni tanladingmi, ishga masuliyat bilan yondashish shart. Kelajak avlodni tarbiyalayotganda boshqacha bo'lishi ham mumkin emas. Bolalar bilan ishlaydigan murabbiylarning ishi o'rinbosarlar va asosiy tarkibga futbolchi etishtirib berishi orqali ko'zga tashlanadi.

- SHaxsan o'zingiz tayyorlagan yoshlardan bugun asosiy tarkibda o'ynayotganlari bormi?

- Bugun zaxiradan maydonga tushgan Jasur Xolto'raevni aytishim mumkin. Juda istedodli yigit. Lekin unga hali vaqt kerak, endigina kattalar futboliga o'tyapti.


- Aksariyat mashhur futbolchilar o'zlarining xayrlashuv o'yinlarini o'tkazishadi. Sizda ham shunday uchrashuvni tashkil etish istagi bormi?

- Bilmadim, hozir mazkur masalada bir narsa deyishim qiyin. Menimcha, ayni damda buning mavridi ham emas. CHunki yangi mavsumda qaysi jamoada ishlashim hozircha nomalum. Katta ehtimol bilan SHo'rtanni tark etsam kerak. Ayni paytda xayrlashuv o'yinidan ko'ra yangi mavsumni qaysi jamoada boshlashim muhimroq bo'lib turibdi. Balki keyinroq ushbu mavzuga yana qaytarman.

- Boshqa klublardan takliflar bormi?

- Ha, 2-3ta jamoadan taklif bo'ldi. Oldinroq Mashal jamoasiga ham chaqirishgandi. Lekin o'shanda o'tish amalga oshmay qolgandi.

- Murabbiylik kurslarida o'qish istagingiz bormi?

- Hozir menda V toifali murabbiylik licenziyasi bor. CHempionat yakunlanishi hamono A toifasi uchun tashkil etiladigan murabbiylik kurs­larida tahsil olishni boshlayman.

- SHo'rtan jamoasi rahbariyati yordam beryaptimi?

- Hozirgacha hech qanday ko'mak bergani yo'q. Ko'ramiz, balki A toifasi uchun o'qishga yordam berishar.

- Ortga nazar tashlasangiz, futbolchilik faoliyatingizdan ko'nglingiz to'ladimi?

- Terma jamoa bilan jahon chempionati saralash bahslaridagi ishtirokimizni inobatga olmasa, futbolchilik faoliyatimdan ko'nglim to'lgan. Mundialga chiqish haligacha armon bo'lib qolyapti. Nafaqat bizga, balki futbolimiz tarixidagi eng kuchli tarkib deb atalgan jamoaga ham bu nasib etmadi. Beshta mag'lubiyat bilan ham imkoniyatga ega bo'ldik. Bundan ortiq yana nima kerak? Futbolchi sifatida erisha olmagan yutuqlarimga murabbiylikda erishish niyatim bor.

- Muxlis sifatida tahlil qilib ko'ring. Terma jamoamizning jahon chempionatiga chiqishi uchun nima etishmadi?

- Maksim SHackixga o'xshagan hujumchi etishmadi. Terma jamoamizning eng katta kamchiligi bu - hujum. Darvozaga aniq zarba berish haqida hali gapirayotganim yo'q. Igor Sergeevni hamma ko'rdi. Bunday o'yin bilan jahon chempionatiga chiqa olmaymiz. Odil Ahmedov, Vitaliy Denisovga suyanib qolganmiz. Agar shu ikki futbolchi maydonda bo'lmasa, murabbiylarimiz nima qilishni bilmay qolishyapti. Legionerlar asosiy kuchga aylangan. Sababi, mahalliy chempionat juda kuchsiz. Ichki raqobat kuchli bo'lmas ekan, terma jamoaning natijalari shunday past bo'lib qolaveradi.

- Lekin siz o'ynagan davrda ham bu muammo bor edi. Maksim SHackixning kelishini kutardik...

- To'g'riku-ya, lekin hozirgidek emas. Masalan, Suriya terma jamoasidan engilish uyatda. Ko'ryapsiz-ku, ular o'z o'yinlarini qanday holatda o'tkazish­yapti. SHundan xulosa qilib olavering. Futbolchilarda g'urur bo'lishi kerak, aks holda, hamma harakatlar samarasiz yakunlanaveradi.

- Faoliyatingizdagi eng esda qolarli uchrashuv?

- MHSK stadionida Saudiya Arabistoni terma jamoasini mag'lubiyatga uchratgan o'yinimizni juda ko'p eslayman. Adashmasam, o'sha bahsda ilk bor Saudiya Arabistoni terma jamoasini taslim etgandik.

- Aksincha, alam bilan eslaydigan o'yiningiz qaysi bo'lgan?

- Paxtakor libosida Bunyodkor­ga qarshi kechgan uchrashuvda o'z darvozamizni ishg'ol qilib qo'yganman. O'sha yillari bu ikki jamoa o'rtasidagi derbi o'yinlari darhaqiqat nomiga mos tarzda o'tardi. To'g'ri, o'yindan keyin klub rahbarlari meni kechirishdi, dalda berishga harakat qilishdi. Ammo o'sha o'yindagi xatoim haligacha ko'nglimni g'ash qiladi.

- Asror aka, farzandlar ham sizga ergashishdimi?

- O'g'lim 2006 yilda tug'ilgan. Bugungi kunda Bunyodkor akademiyasi tarbiyalanuvchisi. U ham himoyada o'ynaydi. Bo'yi yoshiga nisbatan baland. Etti yoshdan beri futbolga oshno. Eng muhimi, futbolga o'zi qiziqdi.


Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi. "Interfutbol" gazetasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика