So’nggi yangiliklar

01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  1 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  7 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  6 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  3 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:46АПЛ. "Сандерленд" - "Манчестер Сити", "Брентфорд" - "Тоттенхэм" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  6 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  11 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  3 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  9 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0 20:27Расман: Сардор Мирзаев - "Локомотив" футболчиси!  5

Asror Aliqulov: "Bunday o'yinlarda xatolar kechirilmaydi" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Bunday o'yinlarda xatolar kechirilmaydi"

Superligaga o'tish o'yini dastlabki bosqichidan o'rin olgan "Mashal" - "SHo'rtan" (1:0) uchrashuvidan so'ng Muborak klubi bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Bugungi o'yin qiyin o'tishi avvaldan malum edi. Birinchidan, Superliga yo'llanmasi uchun kurash ketsa, oson bo'lmaydi. Ikkinchidan, o'yin derbi maqomida edi, bunday bahslarda xatolar kechirilmaydi.

Yigitlarga rahmat aytaman, ular oxirigacha kurash olib borishdi. O'yin "SHo'rtan" jamoasining uzun uzatmalariga qarshi chora topa oldik. Qo'lga kiritilgan g'alaba bilan "Mashal" klubida mehnat qilayotgan barchani va jamoa muxlislarini tabriklayman.




- Sergey Petrov nega zaxirada qoldirildi? Keyin birinchi bo'lim va ikkinchi bo'lim farqli kechdi. "Mashal" aynan ikkinchi bo'limda faollikni oshirdi, buning sababi nimada?


- Petrov jarohatdan qaytgani sabab jismonan to'liq o'yinda qiynalishi mumkin. SHu jihatni hisobga olib, uni zaxiradan maydonga tushirdik. Bugungi o'yinda har ikki jamoa o'rtasida jiddiy kurash kechdi. G'alaba uchun gol urish kerak, o'yindan kelib chiqib hujumkorlikni kuchaytirib bordik.

- Qizil kartochka VAR orqali ko'rib chiqib ko'rsatildi. Bu holatga munosabatingiz qanaqa?


- To'g'ri, hakam VAR orqali kadrni ko'rgach, sariqni qizilga almashtirdi. Demak, bunga etarlicha asosi bor. Bu holatga etirozim yo'q.

- "Qo'qon-1912" bilan kechadigan navbatdagi o'yin haqida fikringiz?


- "Qo'qon-1912" kuchli jamoa. Qarshi hujumlarda juda yaxshi harakat qiladi. Biz bu o'yinda maksimal natija uchun o'ynaymiz.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика