So’nggi yangiliklar

20:36Тиаго Силва "Милан"га қайтиши мумкин  2 20:23Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг Италия билан ўйиндан олдинги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  1 20:12"Шармандалик, бу шармандалик!"  19 20:10Нурбек Сарсенбаев: "Италия қарши ҳужумда Хорватиядан кўра анча хавфли"  1 19:51Муҳаммадали Мусахонов: "Италия билан учрашувда бор кучимиз билан ҳаракат қилиб, давлатимиз байроғини юқорига кўтарамиз"  0 19:28Ислом Исмоилов: "Италия — нафақат Европанинг, балки мундиалнинг энг кучли жамоаларидан бири"  5 19:10Ўзбекистоннинг италиялик таҳлилчиси Каннавародан таклиф, "Squadra Azzurra"нинг муваффақиятсизлиги ҳамда U-17 жаҳон чемпионати нимчорак финали ҳақида гапирди  0 18:48AS: Зидан ёзда Франция терма жамоасини бошқаради   0 18:27Конате "Ливерпуль" билан янги шартномаси ҳақида: "Бу мураккаб жараён, биз ҳамма нарсани айта олмаймиз"  1 18:00U-19 чемпионати. "Пахтакор" "Насаф"ни 3 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, чемпионликни тантана қилди  21 17:04"Милан" "Реал" дарвозабонига эътибор қаратди  0 16:29"Бухоро" – "Нефтчи" учрашувидаги четлатиш тўғри қарорми? Суперлиганинг 28-туридаги ҳакамлик таҳлили  3 16:07"Барселона" ёзда "Боруссия Д" ҳимоячиси билан шартнома имзолашга ҳаракат қилади  0 15:40Меҳди Ҳошимнажот: "Кўпчилик Миср финалга чиқади деб ўйлаганди"  9 15:13Суперлига. 29-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  10

Asror Aliqulov: "Bugun ikki jamoa ham ko'proq ehtiyotkorlikka etibor qaratdi" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Bugun ikki jamoa ham ko'proq ehtiyotkorlikka etibor qaratdi"

Pro liganing 5-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Mashal" (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bugun ikki jamoa ham ehtiyotkorlikka etibor qaratdi desam to'g'ri bo'ladi. Xatoga yo'l qo'ymaslikka harakat qilishdi. Bizning futbolchilarda qaysidir manoda bosim ham sezildi. Ikkinchi bo'limda o'ying tempiga moslashishdi. Umuman olganda durangga mos uchrashuv bo'ldi. "Buxoro"ning bo'ydor futbolchilariga moslashgan edik. Ayrim vaziyatlarda ular darvozamiz oldida xavf tug'dirishdi",- deydi Asror Aliqulov

- "Buxoro" asosan kuchga asoslangan va yuqoridan paslar bilan o'ynaydigan jamoa. Bunday uslubdagi jamoalarga qarshi to'p tepish qaysi tomonlama murakkablik tug'diradi? "SHo'rtan", "Aral" kabi jamoalar bilan ochiq zonalar ko'proq bo'lgandi...

- Raqibni o'rganish jarayonida ikki markaziy himoyachisini ko'rib chiqqandik. "Buxoro" darvozasi oldida golli vaziyat yaratish juda qiyin. SHunga qaramay jamoamizda vaziyatlar yuzaga keldi. Birga-bir vaziyatga chiqib bordik. Humoyunda imkoniyat bor edi. U to'g'ri qaror qabul qildi. Faqat kuch etishmadi. 

- Jamoa o'z darvozasidan hali to'p o'tkazib yuborgani yo'q va mag'lubiyatsiz ishtirokini davom ettirmoqda. Bu natijalar fonida kamchiliklar qanchalik ko'zga tashlanmoqda?

- Kamchiliklarimiz ko'p. Ikkinchi qavatda, bosh bilan o'ynashda muammolar bor. Mashg'ulotlarda ishlayapmiz. Himoyachilarimiz hujumni boshlashda biroz ishonch his qilmayapti. O'ylaymanki, yaqin kunlarda yanada yaxshiroq o'yin ko'rsatamiz. 

- Umidjon Hamroev har o'yinda muqarrar gollardan qutqarib qolmoqda. Unda o'ziga bo'lgan ishonch qanday uyg'ondi?

- "SHo'rtan"da ishlaganimda uning o'yin uslubini o'rgangandim. "Xorazm"dagi o'yinlari orqali o'zining darajasini ko'rsatgan. SHuning uchun jamoaga jalb qilganmiz. Umid o'ziga bildirilgan ishonchni oqlamoqda.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика