So’nggi yangiliklar

09:11Суперлига. Бугун ФИФА кунларидан сўнг навбатдаги турга старт берилади  0 08:40Криштиану Роналду яна бир рекордни такрорлади  0 08:10U-23 Осиё кубоги. Финал босқичига йўл олган барча жамоалар номи маълум  4 07:48ЖЧ масаласини ҳал қилган Бразилия ва Аргентина мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  0 01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  12 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  1 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  2 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  6 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  14 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  1 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  3 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  22 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  31 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1

Asror Aliqulov: "500lik dovonni zabt etganimdan so'ng faoliyatimni yakunlamoqchiman" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "500lik dovonni zabt etganimdan so'ng faoliyatimni yakunlamoqchiman"

Oliy liganing 3-tur qoldirilgan o'yini "Bunyodkor" - "SHo'rtan" (3:0) uchrashuvidan so'ng "oq bo'rilar" himoyachisi Asror Aliqulovning fikrlari bilan qiziqdik.

"Uchrashuvni yaxshi boshlagandik. Har ikkala jamoa ham to'p nazoratini o'z qo'liga olishga harakat qildi. Biroq birinchi bo'limning ikkinchi yarmida "Bunyodkor"da gol urish uchun imkoniyatlar paydo bo'ldi va ularning ikkitasidan "qaldirg'ochlar" unumli foydalana olishdi. Umuman o'yin borishi bilan "Bunyodkor" uchrashuvdagi ustunlikni o'z tomoniga og'dirib oldi. Ikkinchi bo'limda esa "Bunyodkor" asosiy etiborini himoya qaratgan xolda qarshi hujumlarda o'ynadi. Hisob 3:0 bo'lganidan so'ng maydon egalari bemalol harakat qilishdi. Himoyadagi kamchiliklar? So'nggi o'yinlarda himoyada ko'plab xatolarga yo'l qo'ymoqdamiz. Bu nima bilan bog'liq? Menimcha, himoya chizig'idagi ko'plab o'zgarishlar, shuningdek qanot himoyasida harakat qilayotgan futbolchilar asosan yarim himoyachilar hisoblanishadi. SHu bois ular hujumga o'tishganida himoyaga qaytishga ulgurishmayapti, xatolar yuzaga kelmoqda. Ikkinchi davrada biz taktika tomonidan jiddiy ishlamasak bizga yanada qiyin bo'lishi aniq. Jismoniy holatim ozgina qoniqarsiz darajada. Bir xil tempda o'ynash menga qiyin bo'lmoqda. Hozircha kuchim borku, lekin muntazam yuqori darajada o'ynash og'irlik qilmoqda. Yoshi katta futbolchilar asosan mashg'ulotlarda mehnat qilishi kerak. Tajriba o'z yo'liga, lekin jismoniy holatingiz yaxshi bo'lmasa futbolchiga tajriba ham yordam bera olmaydi. Oliy ligada 500lik dovonni zabt etganimdan so'ng faoliyatimni yakunlash haqida o'ylab ko'raman. Hozir asosiy etiborni aynan shunga qaratganman. Ko'plab muxlislar ham qo'ng'iroq qilib, yubiley o'yinga oz qolganini aytishmoqda va 500-uchrashuvni o'tkazishimni istashmoqda. Men uchun ham bu juda muhim. CHunki bu tarixda qoladi", - deydi Asror Aliqulov.


Eslatib o'tamiz, Asror Aliqulov "Bunyodkor"ga qarshi o'yinda o'zining Oliy ligadagi 497-uchrashuvini o'tkazdi.


SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика