"Asosiysi - g'alaba qozonish!" - Rosenor Slotning APLdagi standartlar haqidagi tanqidiga javob qaytardi
02 mar 22:28
Yangiliklar
"Asosiysi - g'alaba qozonish!" - Rosenor Slotning APLdagi standartlar haqidagi tanqidiga javob qaytardi
Bahs sababi nimada?
Avvalroq Arne Slot APL klublari standart vaziyatlarga haddan tashqari ko'p tayanayotganini va shu sababli bu turnir o'yinlaridan zavq olmayotganini tanqid qilgan edi.
Rosenorning javobi:
Londonliklar ustozining fikricha, futbolda golning qanday urilishidan ko'ra natija muhimroq hisoblanadi:
"O'ylaymanki, futbolning go'zalligi ham shunda — unda turlicha gol urish mumkin. Men uchun o'yinning to'g'ri yoki noto'g'ri usuli yo'q. Ishonchim komilki, kecha biz burchak to'pidan gol urganimizda, muxlislarimizga gol qanday ko'rinishga ega bo'lganining umuman ahamiyati yo'q edi. "Arsenal" muxlislari uchun ham o'z jamoasining gollari qanday urilgani muhim emas, deb o'ylayman. O'yindagi eng asosiy narsa — g'alaba qozonish.
Burchak zarbalariga kelsak, mavsum oxirida jamoalarning darvozabonlarga qanday tasir o'tkazayotganini va himoyada qanday harakat qilayotganini tahlil qilib chiqish zarur, deb aytgan bo'lardim. Nazarimda, bu ayrim jamoalarga adolatsiz ustunlik bermoqda", — dedi Rosenor.
Murabbiylar o'rtasidagi bunday g'oyaviy qarama-qarshiliklar APLdagi taktik kurashlar qanchalik qizg'in ekanligini yana bir bor isbotlamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar