"Roma" sobiq futbolchisi: "Asosiy tarkibda Shomurodov emas, Dovbik o'ynashi kerak"
13 mar 19:35
Yangiliklar


"Roma" sobiq futbolchisi: "Asosiy tarkibda Shomurodov emas, Dovbik o'ynashi kerak"
"Roma" klubi sobiq futbolchisi Roberto Prucco rimliklarning bugungi "Atletik" bilan o'yinida asosiy tarkibda markaziy hujumchi rolida hamyurtimiz Eldor Shomurodov emas, ukrainalik Artem Dovbik maydonga tushishi kerak deya hisoblamoqda.
"Dovbik yoki Shomurodov? Yo'q-yo'q, "Atletik" bilan ukrainalik forvard o'ynashi kerak. Agarda o'zbek bu safar ham Dovbikdan asosiy tarkibdagi joyni olib qo'ysa, bu muammo bo'ladi. Men Shomurodovni va uning mehnatini hurmat qilaman, lekin Dovbik hali ham o'z salohiyatini to'liq ochish imkoniyatiga ega", — deya Prucco so'zlaridan iqtibos keltiradi "LaRoma24".
Eslatib o'tamiz, "Roma" va "Atletik" o'rtasidagi dastlabki bahsda rimliklar 2:1 hisobida zafar quchgan. O'sha bahsda Dovbik o'yinni asosiy tarkibda boshlagan, Shomurodov esa 71-daqiqada aynan ukrainalikning o'rniga maydonga tushib, g'alaba to'pini kiritgandi.

O’xshash yangiliklar

Fikrlar