So’nggi yangiliklar

10:47Суперлига. Бугун 29-турга старт берилади  0 10:22Ўзбекистон U-17 га иккита гол урган футболчи баҳс ҳақида фикр билдирди  1 10:02Қитъалараро плей-офф босқичи. Ироқ яна битта учрашувда ғалаба қозонса, ЖЧга йўл олади  1 09:55Фарруҳ Сайфиев: "Эрон ҳам бизни ҳурмат қилишни бошлади"  6 09:31Нигерия термаси устози рақибни сеҳр қилишда айблади. Жамоа пенальтилар сериясида Конго ДРга ютқазиб қўйди ва энди ЖЧ-2026га бормайди  2 09:05ЖЧ-2026. Қитъалараро плей-офф босқичида ўйнайдиган барча терма жамаолар номи маълум  3 09:00U-17 Жаҳон чемпионати. Италия – Ўзбекистон 3:2  0 08:38Жаҳон чемпионатида иштирок этувчи 48 жамоадан 42 таси маълум   7 08:12ЖЧ-2026 саралаш. Шимолий Америка қитъасидан ЖЧга йўлланама олган терма жамаолар номи маълум  1 07:42Sofascore. Кечаги учрашувда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 03:38Европада ЖЧ йўлланмаси учун ўтиш ўйинларида қатнашувчи термалар номи маълум  4 03:03Испания, Бельгия, Швейцария, Шотландия ва Австрия Жаҳон чемпионатига йўлланма олди!  0 01:56Меҳди Тареми: "Жамоадошларимдан 10 нафари пенальти тепишдан бош тортди. Ўзбекистонга қарши пенальтини тепа олмаган футболчидан Жаҳон чемпионатида фойда бормикан?"  14 01:08Амир Ғалинои: "Ўзбекистон иккинчи бўлимда умуман дарвозамизга хавф сололмади. Босимимиз шунчалик кучли бўлдики, "Манчестер Сити" футболчиси майдондан четлатилди"  33 00:56Асилбек Алиев: "Айбдор эканимни тан оламан ва чин дилдан афсусдаман"  34

"Asosiy tarkibda hech kimga joy kafolatlanmagan" - Rustam Turdimurodov Yangiliklar

"Asosiy tarkibda hech kimga joy kafolatlanmagan" - Rustam Turdimurodov

Turdimurodov iyun oyining eng yaxshi futbolchisi va eng chiroyli goli muallifi bo'lgach, andijonliklar matbuot xizmatiga intervyu berdi.

Bu yil “Andijon” tarkibida debyut mavsumini o'tkazayotgan 20 yoshli iqtidorli hujumchi Rustam Turdimurodov birinchi davraning oxirlarini yuqori darajada o'tkaza oldi. 

Ayniqsa, iyun oyi u uchun ancha sermahsul bo'ldi. Boisi, ushbu oyning eng chiroyli goli muallifiga aylandi. Qarshida "Qizilqum" darvozasiga urgan goli O'zPFL tomonidan oyning eng chiroyli goli deya etirof etildi. 

Bundan tashqari, Turdimurodov iyun oyining eng yaxshi futbolchisi nomiga ham sazovor bo'ldi, chunki u so'nggi 5 ta bahsda 4 ta gol urishga erishgandi. 

- Rustam, sizni O'zPFL tomonidan iyun oyining eng yaxshi futbolchisi bo'lganingiz bilan tabriklayman. Nomzodlar ro'yxati elon qilinganida bu haqda o'ylaganmidingiz?

- Katta rahmat. To'g'risini aytsam, bu haqda o'ylamagandim, chunki boshqa o'yinchilarni statistikasi ham yaxshi edi.

- SHuningdek, siz iyun oyining eng chiroyli goli muallifiga ham aylandingiz. Buni ham kutganmidingiz?

- Iyun oyida bir qancha jamoa o'yinchilari chiroyli gollar urishdi. Eng chiroyli gol uchun etirof etilishimni kutmagan edim.



- Eng chiroyli gollar uchun nomzodlar elon qilinganida sizga ko'proq qaysi gol yoqqan? O'zingiznikimi yoki...

- Rosti, Arveladzening goli ko'proq yoqdi.

- Darhaqiqat, iyun oyida ancha sermahsul o'ynadingiz va 5 ta bahsda 4 ta gol urdingiz. Birdan o'yiningizga bunday kuchni qo'shish qanday bo'ldi?

- Hamma o'z vaqtini kutishi kerak deb o'ylayman. Meni ham o'z vaqtim keldi va bundan foydalandim.

- Ikkinchi davraga tayyorgarlik qanday kechyapti? Ko'proq nimalarga etibor qaratilmoqda?

- Tayyorgarlik yaxshi kechyapti. Yozgi yig'in chog'ida sport formamizni o'z joyiga keltirish bo'yicha ish olib boryapmiz.



- "Andijon"da debyut mavsumingizni o'tkazyapsiz. Boshida o'rinbosarlar jamoasida o'ynab yurdingiz, keyin asosiy tarkibga jalb etila boshladingiz. Turdimurodov o'z so'zini ayta boshlagani muxlislarni xursand qilmoqda. Bu masalada nima deya olasiz?

- Ha, to'g'ri, o'rinbosarlar jamoasida o'ynadim. Asosiy tarkibda hech kimga joy kafolatlanmagan. Buning uchun kuchli o'yinchi ekanligingizni isbotlashingiz kerak.

- Birinchi davradan qanday taassurotlar qoldi?

- Birinchi davra men uchun dars bo'ldi. O'ziga yarasha saboqlar chiqardim.

- Birinchi davradan keyin "Andijon" safida eng yaxshi to'purar bo'lib turibsiz. CHempionat va Kubokda jami 5 ta gol urdingiz. Ikkinchi davrada yana nechta gol urishni mo'ljallayapsiz?

- Albatta, o'z oldimga maqsad qo'yganman. 10 ta gol urish niyatim bor.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика