Asmir Begovich: Realning menga qiziqishi haqidagi xabarlar yoqimli, lekin...
12 mar 2014 23:08
Yangiliklar


Asmir Begovich: Realning menga qiziqishi haqidagi xabarlar yoqimli, lekin...
Stok Siti darvozaboni Asmir Begovich Realga o'tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berib o'tdi.
Men bilan kimsan “Real” jamoasi qiziqayotganligi haqidagi xabarlarni gazetalardan o'qish yoqimli. Lekin, bu mish-mishdan boshqa narsa emas. Madridliklar bizga xech qanday rasmiy taklif bilan chiqishmadi.
Albatta, meni dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biri bilan bog'lashayotgani yoqimli. Lekin meni “Stok Siti”da barcha narsa qoniqtiradi. Faqatgina o'z jamoam xaqida o'ylamoqdaman, - deb aytib o'tdi Begovich.

Fikrlar