Ashurmatov: "Olimpiada oldidan O'zbekiston terma jamoasining pley-offga chiqishiga katta umid bog'langandi"
28 iyu 13:31
Yangiliklar
Ashurmatov: "Olimpiada oldidan O'zbekiston terma jamoasining pley-offga chiqishiga katta umid bog'langandi"
"Rubin" va O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatov mamlakat olimpiya terma jamoasining Parijdagi Olimpiadadan chiqib ketganiga munosabat bildirdi.
"SHu o'yin bilan parallel ravishda "Zenit" bilan o'ynadik. O'yindan so'ng darhol kiyim almashtirish xonasida telefonimni oldim va Misr (0:1)ga qarshi o'yin natijasini ko'rdim. Afsus, O'zbekiston Olimpiadadan chiqib ketdi, jamoa Ispaniya (1:2) bilan yaxshi o'ynadi va bemalol durangga erishishi mumkin edi, ammo bir ozgina etishmadi. Olimpiada oldidan pley-offga katta umid bog'langandi", — dedi Ashurmatov.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston OTJ Parij-2024 guruh bosqichida 2 turdan so'ng birorta ochko to'play olmagan holda guruhdan chiqish imkoniyatidan mahrum bo'ldi.
Fikrlar