Asensio: "Barsa" yoki "Betis"? Menga farqi yo'q"
12 jan 2023 09:51
Yangiliklar
Asensio: "Barsa" yoki "Betis"? Menga farqi yo'q"
"Real" futbolchisi Marko Asensio Ispaniya Superkubogi yarim finalida "Valensiya" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Bu qiyin o'tdi. Har ikki jamoaga ham ritm etishmadi. Bizga og'ir bo'ldi, ammo finaldamiz va shu eng asosiysi.
- Nima bo'ldi?
- Ikkinchi bo'limdagi tezkor gol barchasini barbod qildi. "Valensiya" ham yaxshi o'ynadi va buni tan olishimiz kerak.
- Jismoniy tomonlama siz "Valensiya"ga qaraganda o'yin oxiriga katta zaxira bilan etib keldingizmi?
- Biz gol urishni istagandik. Penaltilargacha olib bormaslik uchun. Ammo to'p darvozaga kiravermadi. Finalda ekanligimizdan xursandmiz.
- Finalda "Barsa"mi yoki "Betis"?
- Menga farqi yo'q.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar