So’nggi yangiliklar

14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  0 13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0 13:28"Ал Ҳилол" легионери ўзини камситилган деб ҳисоблади ва шартномани бир томонлама бекор қилди  3 13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0 12:33Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади  0 12:21Шомуродовнинг собиқ клубдоши, Африка қитъасининг энг яхши футболчиси, 2021 йил дунёнинг энг яхши дарвозабони. Бугун "Насаф"га қарши кимлар ўйнайди?   16 11:55Ўзбекистон аёллар терма жамоаси 16 сентябрдан йиғинга киришади  0 11:28"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади  0 10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  6 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  18 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  1 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  7 08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  3

"Arzon molning sho'rvasi tatimas"... Rostdan shunaqami? Yangiliklar

"Arzon molning sho'rvasi tatimas"... Rostdan shunaqami?

Evropa CHempionlar Ligasi 4-turida Qozog'istonning "Astana" jamoasi o'z maydonida "Atletiko" bilan durang o'ynadi va o'ziga hos sensaciya qayd etdi.

Qozoq klubi futbolchilarining umumiy narxi 14,5 million evroni tashkil qiladi. Bu esa madridliklarning Koke degan futbolchilarining o'zidan uch marotaba kam bo'lgan summadir. Demak, bugun ushbu mavsumda Evropa CHempionlar Ligasida ishtirok etayotgan eng arzon jamoalar haqida gaplashamiz.

 
8. PSV



Barcha futbolchilarining umumiy transfer summasi: 96 000 000 evro
Eng qimmat futbolchi: Yetro Villems - 10 000 000 evro
O'rtacha bitta futbolchining narxi: 3 210 000 evro

Golland jamoasi ushbu mavsumda nisbatan arzon narxdagi futbolchilar bilan to'ldirilgan. Lekin, Filipp Koku shogirdlarining natijalariga qoyil qolsa arziydi: 4 ta o'yinda 2 ta g'alaba. MYU, "Volfsburg" va CSKA kabi jamoalar bor bo'lgan gurhda ikkinchi o'rin. SHuni ham takidlab o'tish lozimki, ayni paytda eyndxovenliklarning eng qimmat futbolchisi Yetro Villems jarohat olgan va jamoa usiz ham yaxshi natijalar qayd etmoqda.


7. "Olimpiakos"



Barcha futbolchilarining umumiy transfer summasi: € 94 850 000
Eng qimmat futbolchi: Ximenes Roberto - € 9 000 000
O'rtacha bitta futbolchining narxi: € 2 740 000

Greciyaliklar ham kamtargina byudjetga ega klub hisoblanadi. Biroq, jamoa "Bavariya" va "Arsenal" bor guruhda myunxenliklar bilan bir xil 9 ochko to'plagan. Takidlab o'tish lozimki, jamoa Londonda "Arsenal"ni mag'lubiyatga uchratishga ham muvaffaq bo'ldi va ko'p ehtimol bilan ushbu jamoani guruhda qoldirib ketadi.  



6. "Dinamo" Zagreb



Barcha futbolchilarining umumiy transfer summasi: 59 200 000 evro
Eng qimmat futbolchi: Marko Pyaca - € 6 500 000
O'rtacha bitta futbolchining narxi: € 2 090 000

Xorvatiyaliklar ham turnir boshida 55 millionlik Aleksis Sanchesdek futbolchiga ega bo'lgan "Arsenal"ni mag'lubiyatga uchratdi. Mish-mishlarga qaraganda, jamoaning 20 yoshli futbolchisi Marko Pyacaga "Bavariya" va "Milan" kabi Evropa grandlari tomonidan qiziqish bildirilmoqda.


5. "Gent"



Barcha futbolchilarining umumiy transfer summasi: € 58 700 000
Eng qimmat futbolchi: Sven Kums - € 6 000 000
O'rtacha bitta futbolchining narxi: € 2 080 000

Belgiyaliklar ko'p ehtimol bilan endi Evropa Ligasi yo'llanmasi uchun kurash olib boradilar. Jamoa sardori Sven Kums "Genk"ning eng qimmat futbolchisi hisoblanadi. Sven jamoaga klub tarixida ilk bor Belgiya chempionati va superkubogi g'olibligini qo'lga kiritishga katta hissasini qo'shgan. Ushbu mavsumda xet-trik muallifiga aylanishga ham ulgurdi.


4. "Makkabi Tel-Aviv"



Barcha futbolchilarining umumiy transfer summasi: € 20 980 000
Eng qimmat futbolchi: Eran Zaxavi - € 3 000 000
O'rtacha bitta futbolchining narxi: € 750 000

"Makkabi" "CHelsi", "Portu" va "Dinamo Kiev" kabi jamoalar o'rin olgan guruhda autsayderga o'xshab ko'ringandi. SHunday ham bo'ldi. Jamoa 4 ta o'yinda bir ochko ham to'play olmadi. Jamoaning eng qimmat futbolchisi Slavish Yokanovich ECHLda hech nima qila olmayotgan bo'lsada, Isroil chempionatida 92 ta o'yinda 72 ta gol kiritishga muvaffaq bo'ldi.


3. “Malmyo”



Barcha futbolchilarining umumiy transfer summasi: € 20 980 000
Eng qimmat futbolchi: Yo Inge Berket - € 2 000 000
O'rtacha bitta futbolchining narxi: € 750 000

“Malmyo” uchun ECHL guruh bosqichiga chiqishning o'ziyoq Oge Xareyde shogirdlari uchun zo'r natija. Lekin, ular “SHaxtyor”ni mag'lub etib, Evropa Ligasi yo'llanmasi uchun kurashishlarini ko'rsatib qo'ydilar. Jamoaning eng qimmat futbolchisi Yo Inge Berket Norvegiya terma jamoasi futbolchisi hisoblanadi. U terma jamoasi safida Evro-2016 sari odimlamoqda.


2. BATE



Barcha futbolchilarining umumiy transfer summasi: € 19 150 000
Eng qimmat futbolchi: Igor Stasevich - € 1 300 000
O'rtacha bitta futbolchining narxi: € 700 000

Borisovliklar guruh bosqichida dastlabki sensaciyani qayd etishga ham ulgurdilar. “Roma” mag'lub etildi. Jamoaning “Bavariya” ustidan qozongan g'alabasi barchaning yodida bo'lsa kerak. SHu sababli, beloruslardan yana sensaciya kutishimiz mumkin. SHuni takidlab o'tish lozimki, jamoada pley-off yo'llanmasi uchun hali imkoniyat bor.

1. “Astana”



Barcha futbolchilarining umumiy transfer summasi: € 14 500 000
Eng qimmat futbolchi: Nemanya Maksimovich - € 2 000 000
O'rtacha bitta futbolchining narxi: € 510 000

Yuqorida qayd etib o'tganimizdek, “Astana” guruh bosqichida ishtirok etayotgan eng arzon jamoa hisoblanadi. Klubning 28 nafar futbolchilarini narxini barchasini qo'shib hisoblasak 14,5 million evroni tashkil qilar ekan. Eng qimmat futbolchi esa 2 million turadi – u 20 yoshli serbiyalik futbolchi Nemanya Maksimovich.


Aziz To'xtamurodov

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика