So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Ювентус" аутсайдер майдонида ишончли ғалаба қайд этди  0 01:17"Астон Вилла" клуб рекордини такрорлади  1 00:54"Аркадаг" кетма-кет учинчи марта Туркманистон Кубогини қўлга киритди  9 00:34Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод" ғалаба қозониб, 6-ўринга кўтарилди  0 00:23Нималар қиляпсан, "Астон Вилла"?! Эмери жамоаси "Челси" майдонида ҳам ғалабага эришди  26 23:59Витинья Гвардиола билан ишлашга қарши эмас  1 23:35FUTSAL AWARDS-2025: Йилнинг энг яхшиларини тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  0 23:19Флориан Виртц илк голи ҳақида нималар деди?  0 22:55АПЛ. "Ливерпуль" - "Вулверхэмптон" учрашувидан кейинги фактлар  1 22:41"Нефтчи" Убайдуллаев билан икки йиллик шартнома имзолади  4 22:19Ўзбекистон U-21 ўртоқлик ўйинида Иордания U-23 билан дуранг ўйнади  0 22:00АПЛ. "Ливерпуль" ва "Арсенал" кичик ҳисобда ғалабалар қайд этди  2 21:51Саудия Арабистони. 10 ўйинда 10 ғалаба: "Ал Насср" ўз майдонида "Ал Уҳдуд"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  9 21:33"Нефтчи" Эргашев, Сайфиев ва Алибоев билан шартномани узайтирди  4 21:2010 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар  24

Arveladze: "Xall Siti" menga faoliyatimdagi orzularimdan birini amalga oshirish imkonini berganidan juda xursandman" Yangiliklar

Arveladze: "Xall Siti" menga faoliyatimdagi orzularimdan birini amalga oshirish imkonini berganidan juda xursandman"

"Xall Siti" murabbiyligidan ketgan "Paxtakor" sobiq ustozi SHota Arveladze "yo'lbarslar"ga xayrlashuv maktubi yo'lladi.

"Har qanday murabbiy va o'yinchi uchun mo'jizalar olamiga sayohatga o'xshash orolda ishlash va yashash meni quvontirdi. "Xall Siti" menga faoliyatimdagi orzularimdan birini amalga oshirish imkonini berganidan juda xursandman. Angliya kabi boy tarix va madaniyatga ega bo'lgan mamlakatda jamoani shakllantirish va ayniqsa, klub yangi egalari boshqaruviga o'tganda nihoyatda murakkab. Bu safar holat men sakkiz oy oldin CHempionshipdagi debyutimni qilganimda rejalashtirganimizdagidek bo'lmadi. Men Ajun va "yo'lbarslar"ga oldinda ularni kutib turgan yo'lda katta muvaffaqiyatlar tilayman. Afsuski, biz shu vaqtga qadar ko'zlagan ishimizni oxiriga etkaza olmadik. Kelgusida hal qilinishi kerak bo'lgan va to'g'ri yondashuvni talab qiladigan muammolar etarlicha. Oxir-oqibat bir qator masalalar bo'yicha kelishmovchiliklar bizning poziciyalarimizni bir-biridan ayro tutdi va ushbu qarorni qabul qilish uchun asos bo'ldi. Biroq bularning barchasiga qaramay, "Xall Siti" muvaffaqiyatli jamoaga aylanishiga umid qilaman. 

Men "yo'lbarslar"ning barcha xodimlariga, jumladan, murabbiylar shtabi, asosiy jamoa azolari, akademiya va stadion xodimlariga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ushbu muddat davomida bevosita hamkorlik qilgan futbolchilarga alohida rahmatimni aytmoqchiman. Ommaviy axborot vositalaridan og'ir va shiddatli davrni ochiq ko'rsatganliklari uchun minnatdorman. Meni qo'llab-quvvatlagan va murabbiylik faoliyatimda eng esda qolarli xotiralardan biri bo'lib qoladigan muxlislarning: "Bizda Arveladze bor", deya kuylaganlari uchun katta tashakkur aytaman", – dedi gruziyalik mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, 49 yoshli Arveladze "Xall"ni shu yilning yanvaridan buyon boshqarib kelayotgandi. Jamoa uning qo'l ostida umumiy 30 ta o'yin o'tkazishga ulgurdi. "Yo'lbarslar" joriy mavsum CHempionship 10 turidan so'ng 20-o'rinda borishmoqda.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика