So’nggi yangiliklar

18:02Суперлига. "Бунёдкор" - "Хоразм" 0:0 (Матнли трансляция)  1 17:22"Бёрнли" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  4 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  0 16:23"Арал" — "Олимпик". Таркиблар маълум  0 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  9 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  6 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  6 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  14

Artyom Filiposyan Indoneziyadagi yangi jamoasi va “SHo'rtan” sobiq murabbiyi haqida gapirdi Yangiliklar

Artyom Filiposyan Indoneziyadagi yangi jamoasi va “SHo'rtan” sobiq murabbiyi haqida gapirdi

Saytimiz orqali hamyurtimiz himoyachi Aryom Filiposyanni Indoneziyaning “TIRA-Persikabo” jamoasiga o'tgani haqida xabar began edik.

Futbolchi hozirda mamlakatdagi vaziyat, klub haqidagi dastlabki taassurotlari, nima uchun o'zbek klublari taklifini rad etgani haqida fikr bildirdi.

“Indoneziyada futbol va boshqa sport turlari, musobaqalari 15 martdan so'ng to'xtatildi. Jamoamiz bilan karantindamiz. Mashg'ulot, yig'inlar tashkil qilish mumkin emas. Bu erda besh minga yaqin odam koronavirus bilan kasallangan. Vaziyat ijobiy tomonga o'zgarishini kutishdan boshqa choramiz yo'q.

CHempionatda umumiy uchta turni o'tkazdik. Bittada yutuq, mag'lubiyat va durang qayd etdik. Turnir jadvalida 18ta jamoa ichida 10 o'rinni egallab turibmiz.

Jamoa bosh murabbiyi men uchun begona emas - Igor Kriushenko. O'zbekistonda “SHo'rtan” jamoasida faoliyat yuritganini yaxshi bilasiz. G'uzorda yomon ishlamagandi. Umuman olganda yaxshi murabbiy va samimiy inson. Jamoadagi barcha bilan iliq mashg'ulotlar va o'yin vaqtida samimiy munosabatda bo'ladi.

Tailand futboli Indoneziyanikidan kuchli. Bu erda insonlar futbolni juda yaxshi ko'rishadi. Uy uchrashuvlarimizda stadion deyarli to'ladi. Qiziqish va etibor yuqor darajada. Uchrashuvlar paytida haqiqiy futbol muhitini sezasiz.

Menga jamoada belaruslik murabbiyning ishlayotgani maqul keldi. O'zaro tushunishimizda muammo yo'q. Rus tilida muloqot qilamiz.

Superligadagi bitta jamoadan aniq taklif bor edi. Agar xorijdan klub topa olmasam silarga o'taman deb kelishgandik. Yakunda chetdan chorlov bo'ldi va ketishga qaror qildim. Meni to'g'ri tushunishdi”,- deydi Filiposyan.


Abdulaziz Iskandarov yozib oldi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика