So’nggi yangiliklar

16:29"Барселона" янги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди  1 16:08Саудия Арабистони Суперкубоги ярим финали: "Ал Насср" – "Ал Иттиҳод". Таркиблар аниқ!  2 15:41"Интер" Онанани ортга қайтармоқчи  0 15:12Рэшфорд: "Барселона" ушбу мавсум треблни расмийлаштириши мумкин"  2 14:43"Челси" ҳужумчиси фаолиятини "Астон Вилла"да давом эттириши мумкин  0 14:14"Ливерпуль" ҳимоячиси жамоани тарк этиши мумкин  2 13:42"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 13:13Натижа ортидаги оғриқлар. ЎФА 2009 йиллар борасида қарор қабул қиладиган вақт келмадими?  7 12:57"Интер" ўз футболчисини "Челси"га қўйиб юбормади  0 12:25Рабьо ва Роу кийиниш хонасидаги жанжал туфайли "Марсель" машғулотларидан четлаштирилди  1 11:56Варди рафиқаси орзу қилган трансферни амалга ошириши мумкин  1 11:27Эдерсоннинг "Галатасарой"га трансфери: "Манчестер Сити"нинг янги талаблари маълум  0 10:50"Наполи" Лукакунинг жароҳати сабабли АПЛдан ҳужумчи олиб келмоқчи  1 10:21Скалони сентябрдаги ўйинлар учун кимларни терма жамоага чақирди  0 09:44"Наполи" етакчиларидан бирининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  0

Artyom Filiposyan: "CHempionlik uchun kurashamizmi? Buni vaqt ko'rsatadi..." Yangiliklar

Artyom Filiposyan: "CHempionlik uchun kurashamizmi? Buni vaqt ko'rsatadi..."

"Bunyodkor" - "Al Jazira" (2:1) uchrashuvidan so'ng Artyom Filiposyan mikst-zonada savollarga javob berdi.
"Guruh bosqichiga yo'llanma olganimizdan xursandman. Endi "Bunyodkor"ning asl kuchini ko'rsatmoqchimiz. O'z oldimizga katta maqsadlar qo'yganmiz. O'tgan yil klub sovrinlarsiz qoldi. 2015 yilda shu xatoni to'g'rilash uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. O'yin qiyin bo'ldi, bunday paytda muxlislarning yordami katta bo'ldi, shuning uchun ularga alohida rahmat", - deydi Artyom Filiposyan.

- Uchrashuvdan oldin hayajon bo'lmadimi?
- Raqib kuchli ekani barchaga malum. Biroq o'zimdan kelib chiqsam menda hayajon bo'lmadi. 2 yil oldin "qaldirg'ochlar" safida Yaponiya va Koreya klublariga qarshi o'ynaganmiz. Bugun keyingi bosqichga chiqamizmi yoki yo'qmi degan hayajon bo'ldi.

- Oldinlari siz tajribali va yulduz futbolchilar bilan o'ynardingiz. Hozir aksincha siz jamoadagi yoshlar uchun tajribali futbolchisiz...
- Albatta tajribali futbolchilar bilan o'ynash oson. Ortingda seni xatoingni to'g'rilaydigan futbolchi borligini his qilib turasiz. Yoshlar bilan qiyinroq, ammo hamma ham yosh bo'ladi. Yoshlarga qo'ldan kelgancha yordam beramiz.

- Ko'pchilik "Bunyodkor"ni bu yil chempionlik uchun kurashdan chiqarib yuborgandi. Bugungi g'alaba "qaldirg'ochlar" chempionlik uchun kurashishini isbotlab berdimi?
- Biz kurashamiz. Muddatdan oldin chempionmiz deya olmayman. Biz bugun g'alaba qozonsak tarixga kirishimizni bilardik. CHempionlik va Kubok uchun hali ancha vaqt bor, bunga intilamiz. Undan tashqari uni vaqt ko'rsatadi.


Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика