So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  4 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  2 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  4 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  1 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Arturo Vidal katta gapirib yubordi Yangiliklar

Arturo Vidal katta gapirib yubordi

"Bavariya" klubining chililik yarim himoyachisi Arturo Vidal 2017 yil to'liqligicha "Bavariya"ga atalishiga ishonmoqda.


- "Bavariya"dek jamoa barcha musobaqalarda g'olib bo'lmog'i lozim. SHu boisdan ham jamoa tarkibida yuqori malakali futbolchilar yig'ilgan. O'ylashimcha, 2017 yil to'liqligicha "Bavariya"ga ataladi. Bu yil bizning yilimiz bo'ladi.

Arturo Vidal faoliyatini "Bavariya"da yakunlashi mumkinligiga ham shama qildi.

"Faoliyatimni "Baariya"da yakunlashim mumkin. Men o'zimni bu erda juda erkin his qilyapman. Myunxendagi barcha narsa meni qoniqtirmoqda. SHu sabadan ham faoliyatimni boshqa erda tugataman, deyishim qiyin. "Bavariya"da o'zimni xuddi uydagidek his qilaman", - deydi Arturo Vidal.

Ko'rinishidan Vidal Karlo Anchelotti qo'l ostida ushbu mavsumda trebl qayd etishlariga ishonmoqda. Har xolda o'tgan yili Vidal bu kabi katta gapirib, vadalarni bermagandi. Anchelotti ham Evropa chempionlar ligasida zafar quyishlariga ishonishini aytib o'tgandi. Germaniya chempionati va Germaniya kubogida "Bavariya" yaqqol favorit sanaladi.


"Bavariya"ning ishtahasi karnay, muxlislari esa surnay chalishga taraddud ko'rishmoqda, shekilli...

Nima ham derdik "yaxshi niyat, yarim mol", deydiku...

Eslatib o'tamiz, Arturo Vidal 2015 yilda "Bavariya" safiga kelib qo'shilgandi. Futbolchining "Bavariya" bilan tuzgan shartnomasi 2019 yilga qadar mo'ljallangan.

CHili terma jamoasi futbolchisi ushbu mavsumda "Bavariya" tarkibida 18ta uchrashuvda maydonga tushdi va bir marotaba gol kiritdi. Futbolchi o'tkazilgan 18 o'yindan to'rttasida ogohlantirish olgan.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика