Artur Yunusov: "Finalga chiqqan har bir jamoa kuchli"
04 apr 2014 11:57
Yangiliklar

Artur Yunusov: "Finalga chiqqan har bir jamoa kuchli"
Kecha futzal bo'yicha O'zbekiston chempionati finalining dastlabki kun o'yini bo'lib o'tdi.
Unda "Lokomotiv" "Do'stlik AIN" ustidan 3:1 hisobida zafar quchdi. O'yinda "temiryo'lchilar" safida Artur Yunusov xet-trikka erishdi. Bahs yakunlangach Yunusov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Finalga qanday jamoa chiqsa ham kuchli. Sababi finalga faqat munosiblar chiqishadi. Bugun oson o'yin bo'lgani yo'q. "Do'stlik AIN" bungacha O'zbekiston kubogi finalida ham o'ynadi. Bizni qo'llab turgan muxlislarga rahmat, rahbariyatga minnatdorchilik bildiraman. 4 va 5 aprel kunlari ham finalga kelishni muxlislardan so'rab qolardim", - deydi Artur Yunusov "SA"ga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, bugun soat 18:00da O'zbekiston sport majmuasida bu jamoalar o'rtasidagi ikkinchi final bo'lib o'tadi.
Tolibjon Qosimov yozib oldi.

Fikrlar