So’nggi yangiliklar

04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  6 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  12 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  23 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  3 02:25Саудия Арабистони Про лигаси. Сенсация қайд этилмади, "Ал Ҳилол", "Ал Насср" ва "Ал Шабаб"да ғалаба  0 01:22"Нефтчи"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:31АПЛ. "Арсенал" ўз уйида очко йўқотишига бир баҳя қолди, "Челси" эса Лондонда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  24 00:11"Пахтакор"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  22 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  3 23:45"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  8 23:04Ислом Исмоилов: "Икром Алибоев балки ўнг қанотда ўйнар"  2 22:49Про лигада иштирок этадиган Қорақалпоғистоннинг икки жамоаси ўртоқлик ўйини ўтказди  0 22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  2

Artur Yunusov: “Birinchi galdagi vazifa – guruhdan chiqish” Yangiliklar

Artur Yunusov: “Birinchi galdagi vazifa – guruhdan chiqish”

Kecha Vetnamning Xoshimin shahrida futzal bo'yicha Osiyo chempionati start oldi.
O'zbekiston milliy terma jamoasi ertaga guruhdagi ilk uchrashuvni yon qo'shnilarimiz – Qirg'iziston terma jamoasiga qarshi o'tkazadi. Bahodir Ahmedov shogirdlari qita chempionatiga so'nggi tayyorgarlikni Xitoyda tashkil etishdi va yaxshi kayfiyat bilan Vetnamga etib kelishdi. Biz bugungi o'yin oldidan terma jamoa etakchi futzalchilaridan biri Artur Yunusov bilan bog'lanib, uning fikrini yozib oldik.



Curatda - (o'ngdan chapga) Artur Yunusov, Nikolay Odushev (katta murabbiy), Andrey SHlema (Xoshimindagi gipermarketda xarid qilishga ham ulgurishdi)

“Guruhdan ortiqcha qiyinchiliksiz chiqishimiz kerak. Terma jamoamiz oldiga qo'yilgan birinchi galdagi vazifa – guruhda birinchi o'rinni egallab, chorak finalga chiqish. Guruhdagi jamoalar bilan shu paytgacha bir necha marotaba to'qnash kelganmiz va aksariyat o'yinlarda g'alaba qozonganmiz. Hozirgi sharoitda ham guruh favoritimiz. Eng muhimi, o'yinimiz chiqsa bo'lgani.

Osiyo chempionati har ikki yilda bir marotaba o'tkaziladi. Qita chempioni bo'lishni kim ham istamaydi, deysiz? SHaxsan bizning jamoamizda qita chempioni bo'lish istagi yuqori. CHunki shu paytgacha hali chempionlik shoxsupasiga ko'tarilmaganmiz.

Hozir Xoshiminda ob-havo bulutli. Yomg'ir bir yog'yapti, bir tinyapti. SHu iqlimni inobatga olgan holda Xitoyda bir haftaga yaqin vaqt davomida tayyorgarlik ko'rdik. Lekin yopiq majmuada o'tkaziladigan o'yinlarda ob-havoning deyarli tasiri bo'lmaydi. Hammasi o'z qo'limizda. Muxlislarni xushnud etishga astoydil harakat qilamiz”, - deydi Yunusov.

Kamoliddin ALIMOV yozib oldi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика