So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  0 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Artur Gevorkyan: Yana to'purar bo'lishga intilaman Yangiliklar

Artur Gevorkyan: Yana to'purar bo'lishga intilaman

Qarshining Nasaf klubi sardori Artur Gevorkyan intervyu berdi.
- Vodiyliklarga qarshi o'yin joriy mavsumning ilk uchrashuvi bo'lganligi uchun qiyin kechdi - deya so'z boshladi Gevorkyan. - Boisi, XXIV milliy chempionatning ochilishi bo'lganligi, dastlabki bahsda muxlislarni g'alaba qozonib, xursand qilishni niyat qilganligimiz sababli, bizda biroz hayajon bo'ldi. Lekin yaratilgan imkoniyatlardan samarali tarzda foydalanib, birinchi bo'limdayoq 2ta to'p farqi bilan hisobda oldinga chiqib oldik, yani men o'z dublimni nishonladim. Birinchi golimga Ilhom Yunusov pas bergan bo'lsa, ikkinchi to'pimni darvozabonning xatosidan keyin kiritdim.

Tanaffusdan keyin esa Aleksandr Kablash hisobning yirik ko'rinish olishini taminladi. SHundan so'ng kuchimizni CHempionlar Ligasining 3-tur uchrashuviga asrash maqsadida maydonda xotirjam holda harakat qila boshladik. Bundan esa mehmonlar foydalanib, bitta javob to'pi kiritishdi. Umuman olganda, Andijon ham yomon jamoa emas. Ammo kuchli ishtiyoq va mahorat evaziga g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldik.



Rok va Kablash mavsumlar oralig'idagi o'quv-mashg'ulot yig'inlari davomida o'zlarining yaxshi jihatlarini namoyish etishgani uchun tarkibimizdan o'rin olishgan. Ularning yuqori saviyali o'yinchilar ekanliklari ko'rinib turibdi. Jumladan, takidlaganimdek, Kablash andijonliklar darvozasiga uchinchi to'pni kiritib, hisobni yiriklashtirdi. Biroq bu joriy mavsumning birinchi o'yini bo'lganligi uchun ularda biroz hayajon sezildi. Barchamiz ularni qo'llab-quvvatlayapmiz. Umid qilamanki, ushbu futbolchilar klubimizning bu yilgi muvaffaqiyatlariga munosib ulush qo'shishadi.

O'z o'rnida takidlash joizki, bizda ajoyib ahil jamoa bor. SHeriklarim meni ko'pincha qulay vaziyatlarga chiqarishadi va xavfli vaziyatlardan iloji boricha samarali tarzda foydalanishga intilaman. Ehtimol, shuning uchun ham jamoamiz o'yini birgina menga bog'lanib qolgandek tuyular?! Umuman olganda, Nasaf - jamoaviy o'yin namoyish etadigan klub.

Ochig'ini aytsam, o'tgan yili to'purar bo'laman deb o'ylamagandim. Lekin mavsum davomida bunga erishish mumkinligini tushundim va gollarim sonini oshirib, o'z niyatimga erishdim. Albatta bunda jamoadoshlarimning hissalari katta bo'ldi. Fursatdan foydalanib, ularga o'tgan yili to'purarlik unvonini qo'lga kiritishimga yordam berishgani uchun o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Joriy mavsumda ham o'tgan yilgi natijani takrorlash men uchun yoqimli bo'ladi, albatta. SHunday ekan, iloji boricha imkoniyatdan samarali ravishda foydalanish va yana bir marta chempionat to'purari nomini qo'lga kiritish uchun qo'ldan kelganicha harakat qilaman.   

Nasib qilsa, bir necha kunlardan so'ng safga qaytaman. SHunday muhim uchrashuvda jarohat olib, maydon chetida o'yinni kuzatish og'ir bo'ldi.

Futbolchilik faoliyatimdagi eng muhim va ulkan sovrinlarni Nasafda qo'lga kiritganman. O'zbekistondagi faoliyatimdan mamnunman. O'zbek xalqi ham mehmondo'st. Rahbariyat bilan munosabatlarim ham alo darajada. Aynan shu erda ekanligimdan judayam xursandman.



Nasaf oldiga OCHLda guruhdan chiqish vazifasi qo'yilgan. Umid qilamanki, bu yil o'tgan yilgi xatolar takrorlanmaydi va muvaffaqiyatga erisha olamiz.

Guruhdagi raqiblarimizdan Dubayning Al-Ahli klubi o'yini yoqdi. Ushbu jamoa tarkibida yaxshi saviyadagi o'yinchilar bor. Umuman, OCHL doirasidagi bahslarda barchasi o'zimizga bog'liq.

O'zbek jamoalarining OCHLdagi muvaffaqiyatsizligini milliy chempionatning endigina boshlangani, futbolchilarning jismoniy holatlari bilan bog'lash mumkin. Umid qilamanki, yaqin orada bu salbiy holatga barham berilib,  klublarimiz o'zlarini ko'rsata boshlaydilar. O'zbekistonning barcha klublariga OCHLda omad yor bo'lishini tilayman.

Al-Ahlida individual tarafdan kuchli bo'lgan futbolchilar etarli. Ularga qarshi kechgan o'yinda ko'proq himoyaga etibor qaratdik. O'sha uchrashuvdagi vaziyatlarning birida yiqilganimdan so'ng, darhol o'yinni davom ettira olmasligimni tushundim. Ikkinchi davrada o'z maydonimizda bo'lib o'tadigan bahslarda g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

O'zbekiston chempionatining saviyasi o'smoqda. Kuchli yoshlar etishib chiqishmoqda. O'zbekiston terma jamoasining o'yinlarida vakillaringizga muxlislik qilaman. Gennadiy Krasnickiy nomidagi to'purarlar klubimi? Bu haqda to'g'risini aytsam, yaqinda eshitdim. Mazkur to'purarlar klubidan o'rin olsam, judayam xursand bo'lardim. Boshqa jamoalardan ham takliflar bo'ldi. Ammo Nasafdan ketishni istamayman. Meni ushbu klubda barcha narsa qoniqtirmoqda. Nasib qilsa, OCHLdagi navbatdagi o'yinda maydonga tushaman. Barchasi shifokorlarga bog'liq.

 
Ulug'bek UMAROV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика