So’nggi yangiliklar

18:27"Аркадағ" кетма-кет иккинчи йил Туркманистон кубоги соҳибига айланди  1 18:15Дунёдаги энг йирик кўча футболи чемпионати яна Ўзбекистонда  1 18:00"Металлург" назорат баҳсида "Гулистон"ни мағлуб этди  0 17:45"Барса" Гави тиззасидан олган жароҳатидан сўнг сафга қайтганини эълон қилди. Хавбек август ойидан бери ўйнамади  7 17:05Ўзбекистон Суперкубоги: дебютант “Нефтчи” саккизинчи жамоа, рекорд “Пахтакор”да  5 16:49"Футбол олами". 3-турдаёқ илк истеъфо  0 16:29Аёллар ўртасидаги Осиё кубоги. Ўзбекистон чорак финалда Жанубий Кореяга йирик ҳисобда мағлуб бўлди  14 15:35Ўзбекистон Суперкубоги–2026: Бердиев рекордчи, рўйхатда хорижлик мураббийлар ҳам бор  2 15:25"Имишли" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 14:50Ким Мин Же "Бавария"ни А Серия топ клубига алмаштириши мумкин  1 14:28Ўзбекистон Суперкубоги. Тарихдаги илк учрашув ва қолган тўқнашувларда қандай натижалар қайд этилган? Кимлар майдонга тушган?  2 13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  1 12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  20 12:17Мауро Брасил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  5 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12

Artur Gevorkyan: "Turkmaniston terma jamoasi uchun o'ynashga doim tayyorman" Yangiliklar

Artur Gevorkyan: "Turkmaniston terma jamoasi uchun o'ynashga doim tayyorman"

Indoneziya chempionati vakili "Persib Bandung"da harakat qilayotgan Turkmaniston terma jamoasi hujumchisi Artur Gevorkyan "Turkmenportal"ga intervyu berdi.

Suhbat Turkmaniston terma jamoasining Dubay yig'ini oldidan "Ashxobod" stadionida bo'lib o'tdi.

- Artur, siz ko'p yillar o'zbek jamoalarida to'p tepgansiz. Avvaliga mavsum boshida "Axal"ga keldingiz, shundan so'ng esa kutilmaganda Indoneziyaga yo'l oldingiz. Transferingiz haqida gapirib bering.

- "Axal" bilan o'zaro kelishgan edik va Indoneziyadan yaxshi taklif kelib tushdi. "Axal" men uchun ko'p imtiyozlar berdi va vaziyatimni tushundi. Buning uchun ularga rahmat aytaman.

- 2019 yilgi Turkmaniston chempionatida "Axal" tarkibida 2ta o'yin o'tkazdingiz va ularda g'alabaga erishdingiz. SHundan so'ng esa jamoadan ketdingiz. Turkmaniston vice-chempionida sizni nima qanoatlantirmadi?

- "Axal"da meni hamma narsa qoniqtirgan. Yana qaytarib aytaman, menga xorijdan yaxshi taklif kelib tushdi va buni klub bilan muhokama qilganmiz. Biz bir-birimizni to'g'ri tushundik va yagona fikrga kela oldik. SHunday ekan, men "Axal" bilan pozitiv kayfiyatda xayrlashdim.

- Indoneziya jamoasini qanday topdingiz?

- Menga "Persib"dan taklif kelib tushdi va buni qabul qildim. Ammo Indoneziyaga ketishdan oldin "Axal" va "Persib" bilan hamma shartlarni tahlil qilganmiz. Bu bir kun ichida sodir bo'lmadi, bu bir necha kunni o'z ichiga oldi.

- Indoneziya chempionati qanday? U Turkmaniston chempionatidan qanchalik kuchli?

- Men Indoneziya chempionati kuchli yoki kuchsiz deya olmayman. Bu juda o'zgacha chempionat. Iqlimi boshqacha, umuman olganda hammasi o'zgacha. Terma jamoalar darajasini FIFA reytingiga qarab farqlashim mumkin. CHempionatlar esa turlicha. O'zbekiston, Turkmaniston, Indoneziya, hammasi turlicha chempionatlar.

- Sizni klubda qanday kutib olishdi? Siz Indoneziya klubidagi bugungi holatingizdan mamnunmisiz?

- Ha, albatta, yaxshi qarshi olishdi. Kollektiv ham, rahbariyat ham juda yaxshi. Men jamoadagi o'rnimdan xursandman. Oxirgi o'yinda durang qayd etdik, undan oldin esa g'alaba qozongan edik. Bu futbol. Keyingi o'yinda yutish kerak va hammasi yaxshi bo'ladi. Jamoa ham, kollektiv ham yaxshi, vazifa esa yuqori. Ishlashda davom etamiz.

- Indoneziyada klubga qanday vazifa qo'yilgan?

- Birinchi vazifa - bu chempionlik. Bizda yaxshi futbolchilar yig'ilgan, hammasi kuchli. Bizga berilgan vazifalarni bajarishga harakat qilamiz.

- Bir necha muddatdan so'ng sizni yana Turkmaniston milliy terma jamoasiga chaqirishdi. Terma jamoa yig'iniga jalb etilganingiz siz uchun qanchalik kutilmagan bo'ldi?

- Nimaga kutilmagan? Men o'tib ketgan voqealarni muhokama qilishni xohlamayman. Hozir rahbariyat almashgan. Bungacha ham murabbiylar shtabi almashgan va men termada bo'lganman. Hozir ham murabbiylar shtabi almashdi va meni yana terma jamoaga chaqirishdi.

- Turkmaniston terma jamoasiga xorvatiyalik mutaxassislarning tayinlangani sizda qanday taasurot uyg'otdi?

- Faqat yaxshi, pozitiv va ijobiy taasurotlar. Men yaqinda uchib keldim, biz ko'rishdik va gaplashdik. Biz bir-birimizni tushundik. Hammasi yaxshi bo'ladi deb o'ylayman.

 - Siz murabbiyning talabidan so'ng bundan keyin ham terma jamoa uchun kelishga tayyormisiz?

- Albatta! Men butun faoliyatim davomida har doim Turkmaniston terma jamoasi uchun kelishga tayyor bo'lganman. Men terma jamoaga chaqirilishdan doim mamnun bo'lganman. Zero terma jamoa - mamlakat g'ururi. Birinchi navbatda bu hammasidan ustunligini tushunish kerak.

- "Instagram" ijtimoiy tarmog'ida sizning obunachilaringiz soni 148 mingta. Siz o'z mashhurligingizga qanday qaraysiz?

- Yo'q, bu mashhurlik emas (kuladi). Hozir shunday vaqtki, yoshlar internetda ko'p o'tiradi, men ham bundan mustasno emasman. Men bu haqida ko'p o'ylamayman, birinchi navbatda - natija. O'zingizni aldashingiz emas, balki o'ynashingiz kerak. Muxlislar va obunachilar keladi-ketadi. SHuning uchun bu haqida ko'p o'ylash kerak emas deb o'ylayman.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика