Arteta: “Uzr so'rayman”
05 apr 2022 09:05
Yangiliklar
Arteta: “Uzr so'rayman”
“O'yin startidanoq o'zimizga o'xshamadik. Bu erga kelib, kurashish kerak. Duellardan g'alaba qozonish, to'p uchun kurashlarda ustun kelish, tajovuzkor bo'lish lozim va bizda bularning hech biri o'xshamadi hamda qo'shimchasiga, to'p bilan juda yomon muomala qildik.
2-taymda esa qattiq harakat qildik, 3-4 ta qulay imkoniyatga ega ham bo'ldik, raqibning birgina yarim imkoniyati darvozamizga penalti belgilanishiga sabab bo'ldi.
Tanqidni qabul qilish, qo'lni ko'tarib, klub darajasiga to'g'ri kelmaydigan o'yin uchun uzr so'rash va keyin esa munosabat bildirish vaqti keldi. Ishlar joyida bo'lganda, hamma ijobiy fikr bildirishni, qo'llab-quvvatlashni xohlaydi.
“Pelas”ni tabriklayman, chunki ular g'alabaga haqli edi. Ular doimo shunday o'ynashadi. Muxlislarimizdan kechirim so'rayman”, deydi Arteta.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar