So’nggi yangiliklar

20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  1 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  4 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  2 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  3 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  4 16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  4 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  1 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  6

Arteta: "Har bir o'yin biz uchun sinov" Yangiliklar

Arteta: "Har bir o'yin biz uchun sinov"

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta APLning 18-turi doirasida "Brayton" ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlarini bildirdi.

"Bu muhim g'alaba edi, juda xursandman! Bu stadion istalgan raqib uchun oson emas, "Brayton" ham yaxshi murabbiyga va futbolchilarga ega jamoa. Ular vazifani anchagina murakkablashtirishdi. Ular hujumda yaxshi o'yin ko'rsatishdi, ayniqsa, bo'sh xududlardan unumli foydalana olishdi. Ular ko'proq hujumga etibor bergani uchun ochilib o'ynadi, biz esa bundan maksimal foydalandik.

Keyin esa darvozamiz oldida muammolar sodir bo'la boshladi. Bu borada futbolchilar bilan gaplashib olgandik. Qaysidir vaziyatlarda yaxshiroq o'yin ko'rsatishimiz kerak edi. Ammo bizning o'rganish jarayonimiz hali hamon davom etmoqda. Har bir o'yin biz uchun sinov.

Edegor biz istagan barcha ishni qilmoqda - o'yin taqdirini hal qilyapti, mashg'ulotlarda qattiq mehnat qilmoqda va jamoaga kerakli narsalarni beryapti. Bugun hujumkor to'rtala futbolchilarimiz gol urishga erishishdi. Biz aynan shuni istayotgandik. Jamoadagi barcha qarorlar jamoaning o'zi uchun kerakli bo'lyapti. Futbolchilarning o'zi ham buni his qilishmoqda", - dedi Arteta.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика