"Arteta effekti": Rays "Arsenal"da oldingi faoliyatidagidan ko'ra ko'proq gol urdi
20 may 11:45
Yangiliklar


"Arteta effekti": Rays "Arsenal"da oldingi faoliyatidagidan ko'ra ko'proq gol urdi
"Arsenal" Angliya Premer-ligasining 37-turida "Nyukasl"ni qabul qilib, 1:0 hisobida g'alaba qozondi.
Yagona gol "kanonirlar" yarim himoyachisi Deklan Rays tomonidan urildi.
Bu gol 26 yoshli yarim himoyachi uchun "Arsenal"dagi 16-si bo'ldi. Bu uning "Vest Xem"dagi butun faoliyati davomida kiritgan to'plaridan ham ko'p, deya xabar berdi "Squawka".
Rays "Arsenal" safida 102 o'yin o'tkazib, raqib darvozasini 16 marta ishg'ol qildi. Angliyalik futbolchi "Vest Xem" libosida 245 o'yin o'tkazib, 15 ta gol urgan.
Deklan "Arsenal"dagi ikkinchi mavsumini o'tkazmoqda. U 2013 yildan 2023 yilgacha "Vest Xem" tizimida bo'lgan.
Rays 2023 yilning yozida Londonning bir klubidan boshqasiga o'tgandi. Kelishuv summasi 116 mln evroni tashkil qilgan. Bu "Arsenal" tarixidagi eng qimmat transferga aylangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar