Arteta APL o'tgan mavsumidagi chempionlik poygasi haqida to'xtaldi
05 iyu 18:08
Yangiliklar
Arteta APL o'tgan mavsumidagi chempionlik poygasi haqida to'xtaldi
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta o'tgan mavsumda Premer-liga chempionligi uchun kechgan kurash haqida gapirdi.
"Agar tahlil qilib chiqib, statistik malumotlarni to'plasak va jamoaning Premer-ligada so'nggi 11 oy davomida qilgan barcha ishlariga qarasak, biz chempion bo'lishimiz kerak edi. Statistika shuni ko'rsatmoqda.
O'ylaymanki, biz farq nimadaligini tushunamiz. Menimcha, biz juda uzoqqa bordik. Oxirgi 24 oy davomida ishlash va erishmoqchi bo'lgan daraja bo'yicha haqiqatan ham barqaror edik. Bo'shliqlar juda kichik. Siz o'zingiz xohlagan narsangizning 90 foiziga erisha olasiz, ammo muvaffaqiyat va katta sovrinlarni yutish qolgan foizlar bilan belgilanadi", – dedi mutaxassis.
"Arsenal" o'tgan mavsum APLni "Manchester Siti"dan 2 ochko ortda qolgan holda 2-o'rinda yakunladi.
Fikrlar