"Arsenal" "Real"ning yana bir futbolchisini ko'zlab turibdi
13 mar 2023 11:31
Yangiliklar
"Arsenal" "Real"ning yana bir futbolchisini ko'zlab turibdi
"Kanonirlar" avvalgi mavsumdan buyon vingerning o'yinini kuzatib kelishadi va uni avvalroq qo'lga kiritish niyatida edilar. Ammo endi ular bitimni yozda imzolashni ko'zlab turishibdi. Futbolchi va Madrid o'rtasidagi shartnoma yozda nihoyasiga etadi va hozircha tomonlar uni uzaytirish borasida kelisha olishmayapti. "Madrid" taklif qilgan maosh Markoga maqul kelmagan. London klubidagilar esa ispaniyalik jamoa o'yin uslubiga ideal ravishda mos tushishiga ishonishmoqda.
Eslatib o'tamiz, yaqin o'tmishda "Real" futbolchisi bo'lgan Martin Edegor bugungi kunda "kanonirlar" etakchisi hisoblanadi. Avvalroq Dani Sebalos ham aynan "Arsenal"da ijara asosida to'p tepgan va keyin Ispaniyaga qaytgandi.
SHuningdek, Asensio xizmatlariga "Milan", "Inter", "Yuventus" va "Barselona" ham qiziqish bildirmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar