"Arsenal" o'z himoyachisini "Liverpul"ga taklif qildi
14 jan 2021 18:37
Yangiliklar


"Arsenal" o'z himoyachisini "Liverpul"ga taklif qildi
"Arsenal"dagilar himoyachi Sokratis Papastatopulosdan qutulishni niyat qilmoqda.
Bu haqda jurnalist Fabricio Romani o'z tvitterida xabar bermoqda. Unga ko'ra, "Arsenal" o'z himoyachisini "Liverpul"ga taklif qilgan. Ayni damda Jo Gomes, Joel Matip va Virjil van Deykning jarohati sababli "Liverpul" markaziy himoyachiga extiyoj sezmoqda.
Ushbu mavsumda 32 yoshli Papastatopulos faqatgina bir o'yinda harakat qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2021 yil yoziga qadar davom etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar