"Arsenal" MYUning asosiy futbolchilaridan birini tekinga qo'lga kiritishi mumkin
08 mar 09:42
Yangiliklar
"Arsenal" MYUning asosiy futbolchilaridan birini tekinga qo'lga kiritishi mumkin
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kazemiro faoliyatini London jamoasida davom ettirishi mumkin.
Braziliyalik futbolchiga "Arsenal" qiziqish bildirmoqda. "To'pchilar" yozda MYU bilan shartnomasi yakunlanadigan 34 yoshli futbolchini erkin agent sifatida jamoaga qo'shib olishmoqchi. Malumotlarga qaraganda, "Arsenal" rahbariyati allaqachon futbolchining agentlari bilan muzorakalar olib borgan.
Malumot uchun, Kazemiro "Manchester Yunayted" safida 2022 yildan beri harakat qilib keladi. Futbolchi joriy mavsum 28 ta bahsda maydonga tushdi. Uning hisobida 6 ta gol va 2 ta assist bor.
Futbolchiga "Arsenal"dan tashqari MLS va Saudiya Arabistonidan takliflar bor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Fikrlar