So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  0 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  0 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  1 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  1 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  24 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

"Arsenal" - "Manchester Yunayted". Venger ishtirokidagi matbuot-anjumani Yangiliklar

"Arsenal" - "Manchester Yunayted". Venger ishtirokidagi matbuot-anjumani

Teglar :  Arsen Venger
Bugun "Arsenal" hamda "Manchester Yunayted" o'rtasida Angliya Premer-ligasining 15-tur uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Bahsdan bir kun oldin "to'pchilar" ustozi Arsen Venger ishtirokida matbuot-anjumani bo'lib o'tdi.

MYUning Mourino qo'l ostidagi o'yin uslubi haqida...

- Men har doim ham ularning o'yinini ko'rmayman va MYUning uslubi haqida gapira olmayman. Men faqat o'z o'yinimiz va tayyogarligimizga etibor qaratishimi mumkin. Ular ajoyib o'yin ko'rsatayotgan xavfli raqib va bunday jamoani mag'lub etish uchun, o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishimiz lozim.


Ozilning MYUga o'tishi haqida mish-mishlar...

- Bu faqatgina mish-mish, hech narsa qila olmaymiz. U o'zini maydonda ko'rsatishi kerak. Bor kuchini berayotgan Ozilni ko'rib, unga shubha qilib bo'lmaydi..


Aleksis va Ozilning yanvarda ketishi haqida...

 - Keling shanbani kutamiz va yanvargacha sabr qilamiz. Ammo so'nggi matbuot-anjumanida aytganimdek, hech narsa o'zgargani yo'q.


Ozilning ajoyib formasi sabablari haqida...

- Hech kim uning mahoratiga shubha bilan qaramaydi, ammo hozir u o'z o'yinida yaxshigina o'sishga erishdi, bu "Tottenxem" va "Byornli"ga qarshi uchrashuvlarda sezildi. U to'pni olishda ishtirok etishi va kurasha olishini ko'rsatdi. Mesut Ozil jamoadoshlaridan qo'llab-quvvatlashni his qilsa, u kurashuvchan qobiliyatlarini namoyish etadi.


Bu o'zgarishlar sababi haqida...

- Bizning ishimiz futbolchilarni kurashga tayyorlash. Mesut doimo maydonda ko'p harakat qilgan, ammo hozir u kerak va kerak emas narsalarni ajratadigan ancha tajribali futbolchiga aylangan.


Ozilga tanqid tasir qildimi?

- Bilmayman, uning o'zidan so'rang. Har bir futbolchi o'z mahorati tufayli mashhur bo'lishni istaydi va futbolda tanqidlar juda jiddiy bo'lishi mumkin. Ammo muxlislarimizning ko'pchiligi uni yaxshi ko'rishadi.


O'yindan oldin Ozilgan tanqid kerakmi?

"Bu gapga qo'shila olmayman. U doimo to'pga boradi va hech qachon undan qochishga yoki berkinishga urinmaydi. Albatta, agar raqib ustunlik qilayotgan bo'lsa, to'p bilan ishlash uchun imkoniyat kam bo'ladi, ammo to'p bizda bo'lganida, Ozil uni mamnuniyat bilan qabul qiladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика