So’nggi yangiliklar

23:01"Барселона" — "Валенсия". Таркиблар маълум  1 22:50"Милан" — "Болонья". Таркиблар маълум  1 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  80 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  12 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  5 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  15 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  3 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  11 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1

"Arsenal" yirik hisobda "Everton"dan mag'lub bo'ldi Yangiliklar

"Arsenal" yirik hisobda "Everton"dan mag'lub bo'ldi

Angliya premer-ligasi 33-tur doirasidagi "Everton" hamda "Arsenal" o'rtasidagi markaziy uchrashuvdan matnli on-layn translyaciyani ushbu sahifa orqali kuzatib borish imkoniga ega bo'ldingiz.
YANGILASH
O'yinni siz uchun Abror Qodirov sharhlab bordi. Etibor uchun tashakkur. O'zingizni ehtiyot qiling. Ayniqsa "Arsenal" muxlisi bo'lsangiz!

"Everton" CHempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritish yo'lida katta bir qadam tashladi. "Arsenal" esa islohotlarga muhtoj. Venger yana tanqidlar obektiga aylanishi katta ehtimol. Martines esa aksincha - matbuotning olqishlarini  qabul qilib olajak.

Huuh! O'yin o'z nihoyasiga etdi.

90+2. Arsenalning tilab olgan yagona golidan ayirishdi. Sanogoning goli kiritilgan vaziyatda o'yindan tashqari holat bo'lgan ekan.

90. 
Arteta sariq katochka oldi. Tilni tiymagani uchun. Hakam bilan taortishish kerakmas. U haq.

89.
"CHemberlen xorosh!", deyishyapti sharhga izoh qoldirayoitganlar. qo'shilamiz, albatta.

86.
Lukaku maydonni tark etyapti. Delafeu 7-8 daqiqa to'p tepadi. Uni chin qalbdan tabriklayman.

83. Arsenal futbolchilarini Everton darvozasi oldida qo'rish biroz nooatiy holatdek bo'lib qolgan ekan. CHemberlen ajoyib zarba yo'lladi hozir! Vuxx!

82.
O'yinning so'nggi 10 daqiqasi haqida: hech narsa bo'lmadi. 

81. Evertonda o'zgarish: Neysmit o'rniga Makgidi

80.
Kuchli jamoalarga qarshi o'yinda muxlislarni hafa qilish Arsenal uchun ananaga aylanib boryapti. Qadriyatga aylanmasa bas.

75.
Arsenalning hujumlari o'xshamayotgan bir pallada, shuni eslatib o'tish kerakki, Vengerning amaldagi shartnomasi yozda nihoyasiga etadi. Hozircha kelishuv uzaytirilganicha yo'q.

73.
Arsenal Top 7ga kiruvchi jamoalarga qarshi o'yinlarda bugunga qadar 13 ochko olgandi xolos. 33 ochko olish imkoni bor edi xolbuki. SHunaqa.

71.
Darvoqe, London klubi tarkibida Oksleyd paydo bo'lganidan keyin "kanonir"lar tarkibida ham angliyalik futbolchi paydo bo'ldi. o'yinni inglizlarsiz boshlagandi "kanonirlar".

70.
Evertonning markaziy chizig'u shu darajada zo'r o'ynayaptiki, Arsenal tayinli hujum tashkil qila olayotgani yo'q.  Berri va Makkarti o'yinda ko'p ham ko'rinmayotgan bo'lishi mumkin. Lekin o'z ishini qoyillatyapti.

66.
Arsenaldan birvarakayiga ikkita o'yinchi almashishi: Podolski, Flamini maydonni tark etdi. Remsi hamda Oksleyd-CHemberlen maydonga tushdi.

64.
Ros Barklidan to'p bilan raqs. Himoyachi - tomoshabin. Zarba esa noaniq.

62. Neysmitdan yana bir zarbaaa! SHchesni bu safar o'z o'rnida.

61.
Neysmitga yo'llangan to'pga SHchesni avvalroq ulgurdi. Biroq to'pni qo'lidan chiqarib yubordi. Himoyachilar nechanchidir tushini ko'rayotgan bir vaqtda Miralyas hisobni yirik ko'rinishga olib keldi,

60. GOOOOOL! Miralyas! 3:0!!! UUUCHCHUU NOL!

54.
O'yin zerikishga imkon berayotgani yo'q. Lekin mabodo zerikayotgan bo'lsangiz, Arsenalning burchak to'plarini sanash bilan shug'ullaning. Anchagina bo'lyapti. Hapi ulardan foydalana olayotgani ham yo'q, darvoqe.

51.
Miralyas juda kulgili xatoga yo'l qo'ydi. O'zini bir necha soniyaga Arsenal futbolchisidek his etdi chog'i to'pni o'z jarima maydoniga olib kirib, uni Rosickiga topshirib qo'ydi.

50.
Kanonirlarning o'yindagi ustunligi ko'p ham davom etmadi. Yana to'p va o'yinning borishini Everton nazorat qilyapti. 

47.
Bilmadim Venger tanaffusda nimalar dedi, lekin Arsenal ikkinchi bo'limni yaxshi boshladi.

46. Ikkinchi bo'limni boshlaymiz!


Britaniyalik mashxur jurnalist va teleboshlovchi, "Arsenal"ning ashaddiy muxlisi - Pirs Morgan birinchi bo'limdan keyin tvitterda shunday yozyapti: "Top-5ga kiruvchi jamoalarga qarshi o'yinda navbatdagi uyatli birinchi bo'limni o'tkazdik. SHundan keyin ham "Wenger Forever" deya hayqiradigan muxlislar topiladi. Bemanilik!". Birinchi bo'limga bundan ortiq tarif shart emas, menimcha. Bir chashka qahvadan simirib olgach, ikkinchi taymni boshlaymiz. Uzoqlashmang.

Tanaffus!

45.
Arsenal huddi 2:0 hisobida g'alaba qozonayotgandek, bamaylixotirlik bilan to'pni markazda bir-biriga uzatish bilan band.

43.
Flamini qizishib ketdi. Neysmitning oyog'ini sal qolsa sindirib yuborishi mumkin edi. Sariq kartochkani haqli ravishda oldi. 

41.
Neysmit raqib jarima maydonida yiqilib tushdi. Lekin bunga Arsenal himoyachilarining hech ham aloqasi yo'q.

40. PODOLSKIII! Kuchli zarba! Tim Xovarddan chiroyli seyv!

38.
Arsen Venger o'yindan oldin jamoasi chempionlik uchun hali imkoniyati bor ekani haqida gapirgandi... Bunday o'yin bilan Angliya chempionligi qo'lga kiritilmaydi, janoblar.

36.
Arsenal himoyachilar nimalar bilan mashg'ul maydonda? Hayronman. Umuman olganda, Siti, CHelsi va Liverpulga qarshi o'yinlarda ham hayron qolgandim. Hozir hayron qolmasam ham bo'laverardi. Tanish holat.

34. GOOOOOOLLLL! ROMELUUUU! LUKAKUUU!

33.
Londonliklar nihoyat "xavfli" sifatiga biroz mos keladigan vaziyat yaratishdi burchak to'pidan keyin. Biroq na bir aniq, na bir noaniq zarba bilan yakunlandi vaziyat.

31. Endi Miralyas zarba berdi! Yana xavfli! SHchesni - vaziyat qahramoni.

30. Bu safar Leyton Barklini qulay vaziyatga chiqarib yubordi uning zarbasiii! Xavfli lekin qaytarildi.


24.
"Muhabbat insonni abgor etadi", degandi yozuvchilardan biri. Bu gap qanchalik haqiqatga yaqin yoki yo'q, bilmayman-u, lekin o'yin shunday davom etsa Leyton Beyns Arsenalni abgor qiladi.

23.
Everton shu tempda o'yin so'ngigacha harakat qila olsa, Venger jamoasiga qarshi o'zaro so'nggi 14 o'yindan beri davom eitayotgan g'alabasiz seriyasiga yakun yasay oladi. 

22.
Yana Evertonning hujumii! Miralyas! SHchesinining qo'liga borib tushdi to'p.

19.
Barcha xavfli hujumlarni Everton amalga oshiryapti va barchasi Leyton Beyn orqali bo'lyapti.

17.
Everton yana hujumda. Neysmit, Koulmen Beynslar faol o'ynadi bu hujumda. Burchak to'pi ishlashdi. Unumli foydalanilmadi standartdan.

15.
Leyton Beyns kesuvchi pas bilan Romelu Lukakuni birga bir vaziyatga chiqarib yubordi. Uning zarbasini Arsenal posboni qaytardi, biroq to'pga hammadan oldin kelgan Neysmit to'p va to'r uchrashuvini tashkil qilib berdi.

14. GOOOOOOOOOL! NEYSMIT!

13.
Artetani yiqitishdi. Neysmitga hakam: "ukam, bu birinchisi bo'lgani uchun indamadim, takrorlasang jazolanasan", deyapti.

11.
Evertonning hujumi... Himoyachi Leyton Beyns yaqqol o'yindan tashqari holatda. Himoyachi? Offsaydda? Haa, Beyns o'z uslubida...

09. Flaminiii! Uzoqdaen zarba yo'lladi! Xavfliii... Ammo hisobni ochadigan darajada emas.

06.
Osman o'yinni davom ettira olmasligi malum bo'ldi. Uning o'rniga Ross Barkli maydonga tushdi. Ochig'i, uni asosiy tarkibda ko'rsak kerak deb o'ylagandim. Ammo 5-daqiqadan boshlab o'ynash - asosiy tarkibda maydonga tushishdan ko'p ham farq qilmaydi, shunday emasmi?)

05.
"Everton" futbolchisi Osman Bakari Sanyaga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi. O'zining esa qoshi yorildi.

02. Jamoalar bittadan hujumni amalga oshirib olishga ulgurishdi.

O'yin boshlandi.


Har ikki jamoa uchun ham mavsumning eng muhim o'yinlaridan biri. Yo'q, chempionlikni hal qilmaydi bu buhs. Arsen Venger o'yindan oldin hali jamoada matematik imkoniyatlar saqlanib qolgani va ohirigacha sovrin uchun kurashishi haqida har qancha gapirmasin, "kanonirlar" murabbiyining o'zi ham shohsupa orzusiga ishonmayotgan bo'lsa kerak. Biroq o'yinning muhimliki, kuchli to'rtlik masalasi bilan bog'liqdir. 

"Premer-liga 13/14" nomli asar hali yozib tugatilmadi. Biroq u nihoyasi tomon yaqinlashib qoldi. So'nggi bob qoralanyapti siz va bizning ko'z o'ngizmizda. Ko'p ehtimolki bugun uning eng qiziqarli sahifalaridan birini birgalikda o'qiymiz. Tayyorlaning!

APL, 33-tur.

"Everton" - "Arsenal"

"Everton":
Xovard, Disten, Koulmen, Stounz, Beyns, Neysmit, Berri, Miralyas,  Makkarti, Osman, Lukaku.

"Arsenal": SHchensni, Sanya, Mertesaker, Vermalen, Monreal, Kasorla, Arteta, Flamini, Rosicki, Podolski, Jiru.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика