"Arsenal" gollarga boy o'rtoqlik uchrashuvida "Nyurnberg"dan ustun keldi, Jezus norasmiy debyutida dublga erishdi
08 iyu 2022 22:57
Yangiliklar
"Arsenal" gollarga boy o'rtoqlik uchrashuvida "Nyurnberg"dan ustun keldi, Jezus norasmiy debyutida dublga erishdi
Uchrashuvda Mikel Arteta shogirdlari 5:3 hisobida zafar quchishdi.
24- va 29-daqiqalarda gol o'tkazib yuborib, tanaffusga mag'lubiyat bilan chiqib ketgan "Arsenal" ikkinchi taymda o'ziga keldi va birin-ketin gollar ura boshladi. Jumladan, 47-daqiqada Gabriel Jezus londonliklarning dastlabki golini urgan bo'lsa, 54-daqiqada misrlik yarim himoyachi Muhammad El-Nenni uzoq masofadan berilgan zarba orqali muvozanatni tikladi. SHundan so'ng 57- va 63-daqiqalarda 2 ta avtogol urilgan bo'lsa, 73-daqiqada Lukas SHlyaymer va 75-daqiqada yana o'sha Jezus katta sahnaga chiqdi. Hujumchi norasmiy debyutidayoq 2 ta to'p kiritgani diqqatga sazovor!
Bundan tashqari, mazkur o'yinda yangilardan darvozabon Mett Tyorner va hujumchi Markinos ham qatnashdi.
"Nyurnberg" (Germaniya) – "Arsenal" (Angliya) 3:5
"Maks Morlok" stadioni
Gollar: 1:0 – Gays (24), 2:0 – Dua (29), 2:1 – Jezus (47), 2:2 – El-Nenni (54), 2:3 – SHindler (avtogol, 57), 2:4 – Xandverker (avtogol, 63), 3:4 – SHlyaymer (73), 3:5 – Jezus (75).
"Nyurnberg": Matenia, Gyamera, Serensen, Xandverker, Nyurnberger, Gays, Tempelmann (SHlyaymer, 72, Duman, 83), Deli (Vekesser, 61), Dua (SHuranov, 88), Daferner (Vincxaymer, 88)
"Arsenal": Tyorner (Okonkvo, 68), Belerin (Martinelli, 46), Uolters (Gabriel, 46), Mari, Tirni (Soaresh, 30), Lokonga (Patino, 68), Meytlend-Naylz (Ulad-Mxand, 68), Smit-Rou (Jezus, 46), Pepe (El-Nenni, 46), Nketia (Markinos, 68), Nelson (Balogun, 68).
Ogohlantirishlar: El-Nenni (59), Mari (85)




O’xshash yangiliklar
championat.asia
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Суперлига. "Шўртан" голларга бой ўйинда ОКМКни мағлуб этди
ЎзФҲМ Найим Қосимовга финалдаги ҳаракатлари учун неча баҳо қўйгани маълум
Fikrlar