"Arsenal" Arteta uchun rekord darajadagi shartnoma tayyorlamoqda
31 may 2024 11:41
Yangiliklar
"Arsenal" Arteta uchun rekord darajadagi shartnoma tayyorlamoqda
"Kanonirlar" mutaxassisni saqlab qolish niyatida.
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta bilan shartnomani uzaytirmoqchi, deb xabar berdi "Daily Mail". "Kanonirlar" ispaniyalikni klub tarixidagi eng ko'p maosh oluvchi murabbiyga aylantirishga tayyor.
Tomonlar o'rtasidagi amaldagi kelishuv 2025 yilning iyunigacha amal qiladi. "To'pchilar" mutaxassisni uzoqroq muddatga saqlab qolmoqchi va uning maoshini yiliga hozirgi 9 million funtdan sezilarli darajada oshirishga shay. U APLda Pep Gvardioladan keyin ikkinchi eng ko'p maosh oluvchi murabbiyga aylanishi mumkin.
Klub ham, mutaxassis ham shartnomani uzaytirish tarafdori. Tomonlar Arteta va sport direktori Edu Gaspar tatildan qaytganlaridan keyin hamma narsani batafsil muhokama qilishadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?
Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!
"Андижон"га яна бир тажрибали футболчи келмоқда
Fikrlar