"Arsenal" 80 mln. evrolik transfer bo'yicha muzokara o'tkazmoqda
30 may 16:24
Yangiliklar
"Arsenal" 80 mln. evrolik transfer bo'yicha muzokara o'tkazmoqda
"Arsenal" Benyamin Sheshko transferi ustida ishlashda davom etmoqda.
Jurnalist Florian Plettenberg xabariga ko'ra, klubning etibori hozirda "Leypcig" hujumchisi transferi bilan bog'liq kelishuvga qaratilgan. Shu bilan birga, "Sporting"dan Viktor Dokeresh hali ham nomzodlar ro'yxatida yuqori o'rinda turadi.
Bir necha kun avval Londonda Marsel Shefer va Andrea Berta o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tgan, Sheshko bo'yicha muzokaralar davom etmoqda.
"Arsenal" 80 million evrodan ortiq tovon pulini to'liq to'lay olishi hali ham aniq emas. Hozirda to'lov uslubining ehtimoliy variantlari muhokama qilinmoqda.
2024/25 yilgi Bundesliga mavsumida Sheshko 33 o'yinda 13 gol urdi – bu klubdagi eng yuqori ko'rsatkich.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar