Arsen Venger: "Maqsad kuchli to'rtlikdan joy olish"
07 apr 2014 00:25
Yangiliklar


Arsen Venger: "Maqsad kuchli to'rtlikdan joy olish"
"Arsenal" bosh murabbiyi "Everton"dan qabul qilib olingan yirik mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Biz juda yomon o'ynadik. "Everton" bizdan kuchli edi va haqli ravishda g'alaba qozondi. Yuqori o'rinlar uchun kurash davom etmoqda. Lekin endi biz boshqalar natijasiga qaram bo'lib qoldik. Vaziyat bizni qo'limizda emas. Asosiy vazifa va maqsadimiz kuchli to'rtlikda qolish. Bu qiyin bo'lishi aniq. Eng avvalo esa, o'yin sifatini oshirishimiz lozim.

Fikrlar