Arsen Venger: "Bu o'yindagi barcha aybni o'z zimmamga olaman"
23 mar 2014 01:16
Yangiliklar


Arsen Venger: "Bu o'yindagi barcha aybni o'z zimmamga olaman"
"CHelsi"dan uchralgan qaqshatqich zarbadan so'ng, "Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger barcha aybni o'z zimmasiga olishini takidlab o'tdi.
Men barcha aybni o'z zimmamga olaman. Bu haqida ko'p gapirib o'tirish shart emas. Bizni seshanba kuni yana bir muhim o'yin kutib turibdi. O'sha uchrashuvda bu mag'lubiyat alamini olishimiz zarur bo'ladi. O'yinni 20 daqiqasida uchrashuv taqdiri hal etilgan edi. Bir kishi kam bo'lib qolib, 0:3 hisobini o'zgartirish bu juda ham qiyin masala. Hakam o'z fikrini o'zgartirishi kerak edi. Ayniqsa u fol bo'lgan vaziyatni ko'rmagan bo'lsa. Bilmadim u bilan nima bo'ldi. CHempionlik uchun kurashish qiyin bo'ladi. Lekin biz kurashishimiz lozim. Bunday o'yinlardan keyin navbatdagi bahs juda qadrli bo'ladi.

Fikrlar