So’nggi yangiliklar

10:48Превью. 8 йиллик танаффусдан сўнг "Бунёдкор" "Бухоро"ни ўз уйида мағлуб эта оладими?  1 10:20Превью. Ўтган тур мағлуб бўлган "Андижон" ва "Машъал" ўзаро баҳс олиб боради  0 09:53Флик йирик ғалабадан сўнг футболчиларини танқдид қилди  3 09:25Превью. Сўнгги турда ғалаба қозонган "Қўқон-1912" ва "Сурхон" баҳсида устунлик ким томонда?  0 08:58Гвардиола таркибдан норози эканлигини маълум қилди  7 08:40Ўртоқлик ўйинлари. "Интер" ва "Ювентус" ғалаба қозонди, "Рома" эса Саудия клуби билан дуранг ўйнади  1 08:27Sofascore. "Нол"га ўйнаган Алиқулов ва Ҳусанов, гол урган Ғаниев кечаги учрашувларда неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:56Суперлига. Бугун яна 3 та учрашув бор  1 07:25МЛС. "Интер Майами" "Лос-Анжелес Гэлакси"ни мағлуб этди, Месси захирадан тушиб, гол ва ассист қайд этди  4 06:55Суперлига. "Навбаҳор" дербида ютқазди, "Насаф" ва "Динамо" эса ўз майдонларида ғалаба қозонишди  2 01:35Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда "Аланяспор" билан дуранг ўйнади, Алиқулов тўлиқ ўйнади  1 01:31"Бавария" — Германия Суперкубоги соҳиби  0 01:07U-21 биринчилиги. Йовович ва Марушич "Насаф"га гол урди, "Сўғдиёна"дан суперкамбэк, пешқадамдан мағлубият  2 00:39Рўзиқул Бердиев: "Мақсадимиз чемпионликни ўзимизда сақлаб қолиш"  7 00:37Ла Лига. "Барселона" йирик ғалаба билан бошлади, "Мальорка" биринчи бўлимдаёқ тўққиз киши бўлиб қолганди   51

Aren Robben: "Eng yaxshilar qatoridan o'rin olganimdan baxtiyorman" Yangiliklar

Aren Robben: "Eng yaxshilar qatoridan o'rin olganimdan baxtiyorman"

Myunxenning "Bavariya" jamoasi yarim himoyachisi Aren Robben klub rasmiy saytiga intervyu berdi.

- Aren, tabriklaymiz. Siz Evropaning eng yaxshi uch futbolchisi qatoridan o'rin oldingiz. Nimalarni his etmoqdasiz?
-Bu juda ajoyib! Men eng yaxshilar qatoridan o'rin olganimdan baxtiyorman. Gollandiya terma jamoasi va "Bavariya"dagi mehnatlarim uchun bu katta mukofot bo'ldi. Noyer, Ronaldo kabi futbolchilar bir qatorda bo'lish yoqimli. Bularning barchasini eng yaxshi futbolchi nomini qo'lga kiritshga loyiq deb bilaman.

-Evropaning eng yaxshi futbolchisi nomiga davogarlar qatoridan shuningdek Manuel Noyer ham o'rin olgan...
-Bu degani "Bavariya"ning ikki futbolchisi g'oliblikka davogarlar safida. SHuningdek, Tomas Myuller va Filipp Lam ham 4-5 o'rinlarni egallashdi. Bu "Bavariya" jamoasi so'nggi yillarda yorqin o'yin ko'rsatayotganligidan dalolat beradi.

-Superkubok o'yinini o'tkazib yuboringiz. Buning sababi nimada?
-Murabbiy bilan bu haqida kelishuvimiz bor edi. Men hali maydonda harakat qilishga tayyor emasman. Kerakli sport formamni tiklab olishim kerak. Mashg'ulotlarda ko'proq mehnat qilishim talab etiladi. Men yaqindagina yangi mavsumga tayyorgarlik qismini boshladim.

-Dam olish qanday o'tdi?
-Men yana futbolni sog'indim. Dam olish kunlari esa tezda o'tib ketgandek bo'ldi. Ertadan esa Germaniya kubogi bahslariga start beriladi.

-Superkubok o'yinini televizor orqali tomosha qildingizmi?
-Albatta. Biz o'yinni yaxshi boshladik. Ammo keyinchalik tashabbusni dortmundliklarga berib qo'yildi. Yurgen Klopp jamoasi shu kuni yaxshi o'yin ko'rsatdi. Xavi Martinezning jarohati yomon bo'ldi.

-Xavi Martinez yaqin 8 oy ichida futbol o'ynay olmaydi. U bilan gaplashdizmi?
-Ha. Martinez bilan bugun Sebenershtrasseda tibbiy ko'rikdan so'ng ko'rishdik. U uchun xafaman. Xavi Martinez jamoamiz uchun kerakli futbolchilardan biri hisoblanadi. CHempionlar ligasi finali va o'tgan yilgi Germaniya kubogi finalida u maydondagi eng yaxshi futbolchi bo'lgandi desam adashmayman. Asosiysi, Xavi tushkunlikka tushmasligi kerak. Bu qiyin bo'ladi. Lekin tezda o'tib ketadi.  

- Ko'pchilik qiyin kechgan tayyorgarlikdan so'ng mavsum ko'ngildagidek boshlanmasligini taxmin qilmoqda. Sizni bu boradagi fikringiz qanday?
- Bu borada ortiqcha bezovta bo'lish kerak emas. Biz o'z kuchimizga ishonamiz. Pep Gvardiola bunday holatlarda qanday yo'l tutish kerakligini juda yaxshi biladi. Dastlabki turlarda biz nisbatan kuchli raqiblar bilan o'ynashimiz ham yaxshi. Erkinlikka berilishga vaqt va imkon ham bo'lmaydi. "Volfsburg", "SHalke" va "SHtutgart" jamoalari har qanday raqib bilan tengma-teng o'ynashga, kuchli qarshilik ko'rsatishga qodir jamoalar. SHu bois, diqqat-etiborli bo'lmog'imiz lozim.

-Yakshanba kuni uchinchi divizion vakili bilan kubok doirasida o'yin bor. Bu uchrashuvdan nimalarni kutmoqdasiz?
-Birinchi navbatda shuni unutmaslik lozimki, bizga hech kim g'alabani sovg'a qilmaydi. Agarda o'z darajamizni ko'rsata olsak, keyingi bosqichga o'tishimiz aniq.

-Filipp Lam va keyinchalik Frank Riberi o'z terma jamoalaridagi faoliyatlarini yakunlashdi. Siz bu haqida o'ylab ko'rmadingizmi?
-Yo'q. Men Gollandiya terma jamoasi safida o'z ishtirokimni davom ettirmoqchiman. Sog'lig'im ko'targuncha o'ynamoqchiman. Bu menga katta zavq bag'ishlaydi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика