Arauxo "Barselona" bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi
06 apr 2022 22:31
Yangiliklar
Arauxo "Barselona" bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi
Himoyachi Ronald Arauxo "Barselona" bilan yangi shartnoma borasida kelishib oldi.
"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, kelishuv 2026 yilgacha mo'ljallangan bo'ladi va unda futbolchining tovon puli Ansu Fati hamda Pedri kabi 1 milliard evro qilib belgilanadi.
Kataloniya klubi avvaliga futbolchi bilan 2028 yilgacha shartnoma imzolamoqchi bo'lgan, biroq bunday bo'lsa Arauxoning maoshi yanada ko'proq bo'lishi talab qilingan.
"Goal" xabariga ko'ra, Arauxo "Barselona"da hozirgidan 3 baravar ko'p maosh oladi. Yaqin vaqtlar ichida barcha hujjatlar rasmiylashtirilishi kutilmoqda.
Ushbu mavsumda 23 yoshli futbolchi jamoasi tarkibida 34 o'yinda qatnashib, 4 gol urdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar