So’nggi yangiliklar

00:59Зидан "Реал"га қайтмоқчи эмас  0 00:25Туркия кубоги. "Галатасарой" ўз майдонида "Истанбул Башакшеҳир"ни мағлуб этди  17 00:13"Атлетико" ҳимоячиси 2 ойга сафдан чиқди  0 23:58Араб Кубоги. Марокаш Иорданияни иродали тарзда мағлуб этиб, бош совринга эга чиқди  1 23:43Луис Энрике: "ПСЖда уч нафар топ-дарвозабон борлиги ажойиб ҳолат"  0 23:26Италия Суперкубоги. "Наполи" - "Милан" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 23:17Самвел Бабаян: “Керакли натижага эришиш учун максимал даражада ҳаракат қиламиз”  4 22:51"Guardian" 2025 йилнинг энг яхши футболчилари рейтингини тузди: Месси қайси ўринда?  3 22:30Тебас: "ЛаЛига ўйинлари Испаниядан ташқарида бўлса нима?"  1 22:12Бруну Фернандеш: "Одамлар Португалия термаси Роналдусиз яхшироқ ўйнайди деб ўйлашади. Агарда бу шундай бўлса, айб бизда"  5 21:54"Барселона" Фликка янги шартнома таклиф қилди  3 21:15Эрон кубоги. "Трактор" пенальтилар сериясида ғалаба қозониб, "Персеполис"ни турнирдан чиқариб юборди  3 20:55"Adidas" Салоҳ учун янги дизайндаги бутсаларини тақдим қилди  0 20:36"Барселона" Араухо ўрнига захира топиб қўйди  2 20:11Расман: Финалиссима Қатарда бўлади  10

"Aral Samali" bosh direktori: "Moliyaviy holatimizni yashirishni hojati yo'q" Yangiliklar

"Aral Samali" bosh direktori: "Moliyaviy holatimizni yashirishni hojati yo'q"

Teglar :  MashalAral Samali
Pro liganing navbatdagi turidan o'rin olgan "Mashal" - "Aral Samali" (7:0) uchrashuvidan so'ng matbuot anjumani o'tkazildi.




Unda dastlab "Aral Samali" klubi bosh direktori Dauletmurat Bekmuratov fikrlarini bildirdi.

"Mashal" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Yirik hisobdagi mag'lubiyatga kelsak, jamoamizda yosh futbolchilar yig'ilgan. Ularning ayrimlari 2004-2005 yilda tug'ilgan bolalar. Muborak shahri jamoasi avvaldan kuchli bo'lib kelgan. Qo'l ostimizdagi yosh futbolchilar bilan keyingi uchrashuvlarda g'alaba qozonishga harakat qilamiz ",- deydi klub bosh direktori. 

- Bugungi uchrashuv qaydnomasida "Aral Samali"da bosh murabbiy yo'qligini ko'rdik...

- Bosh murabbiyimiz bor. Timur Turdiev keyingi uchrashuvlarda biz bilan keladi. 

- Jamoa suniy maydonda o'ynab kelmoqda. Tabiiy maydonga o'tish rejada bormi?

- Istasak yoki istamasak Qoraqalpog'iston sharoitida tabiiy maydon o'stirish qiyin. Bugungi o'yinga maydonga tasir qildi baribir. CHunki biz suniy maysada tayyorgarlik ko'ramiz. To'p boshqacha harakatlanadi. 

- Jamoaning Pro ligadagi maqsadlari qanday? Yozgi transfer vaqtida 10 nafar futbolchini tark etishi moliyaviy holatdanmi? 

- Moliyaviy holatimizni yashirishni hojati yo'q. Ketgan futbolchilar o'rniga yoshlarni jalb qildik. 

- Rahbariyat safar o'yinlariga mablag' ajratyaptimi?

- Biz o'zimizga qulay bo'lgan transport vositasida qatnayapmiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика