AQSH o'z tarixida ilk bor Eronni mag'lub etdi yoxud 24 yil avvalgi qasos olindi
30 noy 2022 09:10
Yangiliklar
AQSH o'z tarixida ilk bor Eronni mag'lub etdi yoxud 24 yil avvalgi qasos olindi
Tunda JCH-2022 guruh bosqichi uchinchi turidan o'rin olgan Eron - AQSH uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Keyingi bosqich masalasini hal qilgan bahsda AQSH 1:0 hisobida g'alaba qozondi va Angliya bilan birgalikda 1/8 finalga yo'llanmani qo'lga kiritdi. O'zaro uchrashuvlarga to'xtaladigan bo'lsak, Eron - AQSH bu o'yinga qadar tarixda 2 marotaba to'qnash kelganini ko'rish mumkin.
1998 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi ikkinchi turida forslarga 1:2 hisobida mag'lub bo'lgan. Bu jamoalarning ilk rasmiy o'yini edi.

2000 yil ular o'rtoqlik bahsida uchrashishdi. Bu safar tomonlar 1:1 hisobida murosa ko'chasini tanlashgandi. AQSH o'z tarixida ilk bor Eronni yutishni uddasidan chiqa oldi.
Abdulaziz Iskandarov
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar