So’nggi yangiliklar

10:31Азар барча даврларнинг энг яхши ҳимоячиси ҳақидаги саволга жавоб берди  0 10:00ПСЖ 65 миллион евролик трансферни ҳал қилди  1 09:26Пролига. 11-турга старт берилади  1 08:56"Пахтакор-79" фожиасига 46 йил тўлди  1 08:51Sofascore. Муҳаммадали Ўринбоев Белгиядаги дебют ўйинида қандай баҳо олди?  2 08:15Яна бир ТОП футболчи "Ал Насср"га ўтишга розилик берди  1 07:38Суперлига. Бугун Фарғона ва Самарқандда дахшатли ўйинлар бор  17 07:05"Кристал Пэлас" "Ливерпул"ни мағлуб этиб, ўз тарихида илк марта Англия Суперкубогини қўлга киритди  0 06:50Суперлига. "Сўғдиёна" "Машъал" устидан ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  0 03:00“Пахтакор-79” хотирасига бағишланган шеър  3 02:07Гампер кубоги. "Барселона" "Комо"ни тор-мор этди, Фермин ва Ямал дубль қайд этди  18 00:16Бельгия Про лигаси. "Антверпен" "Ауд-Хеверле Лёвен"ни мағлуб этди, Ўринбоев янги жамоасида дебют қилди  10 23:58Ўртоқлик ўйинлари. "Челси" "Милан"ни, "Юве" "Боруссия"ни мағлуб этди, "Ал Насср" эса Ла Лига дебютантига таслим бўлди  12 23:20Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" илк турда ўз уйида йирик мағлубиятга учради, Алиқулов захирадан майдонга тушди  0 23:14Арне Слот мағлубиятга изоҳ сифатида: "Кристал Пэлас"га ўтган мавсумда битта гол ургандик, бу сафар иккита"  3

Aprel oyining eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar elon qilindi Yangiliklar

Aprel oyining eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar elon qilindi

PFL hamda Championat.asia aprel oyining eng yaxshi futbolchisi bo'lishi mumkin bo'lgan nomzodlarni taqdim etadi. Ular 5 nafar:

Arslonmurod Omonov — “Buxoro”
Tiago Bezerra — “Paxtakor”
Javlon Ibrohimov — “Bunyodkor”
Sardor Azimov — “So'g'diyona”
Sanat SHixov — “Buxoro”


Mart oyi yakunlariga ko'ra, “Navbahor” azosi Aziz Turg'unboev o'z raqobatchilarini katta farq bilan ortda qoldirishga muvaffaq bo'lgandi. Biroq aprel oyida u davogarlar orasiga kira olmadi. Natijalarini ancha yaxshilab olgan “Buxoro” klubidan esa biryo'la ikki futbolchida imkoniyat paydo bo'ldi.

Arslonmurod Omonov — 2 ta gol va 2 ta golli uzatma


“Paxtakor”ning mag'lub etilishi “Buxoro”ning o'z kuchiga bo'lgan ishonchini oshirdi. O'sha uchrashuvda Omonovning to'p uzatishidan so'ng toshkentliklar darvozasi ishg'ol etilgandi. Futbolchi, shuningdek, AGMK bilan o'yinda sermahsullik ko'rsatdi hamda “Buxoro”ning “kambek”ida muhim figura bo'la oldi.

Tiago Bezerra — 2 ta gol va 1 ta golli uzatma

“Metallurg”ning taslim etilishida Bezerra muhim rol o'ynadi. SHuningdek, Bezerra “Paxtakor”ga umumiy hisobda 6 ochko keltirgan 2 ta muhim golga mualliflik qildi. Birinchi galda u “Qizilqum” darvozasiga yo'l topgan bo'lsa, keyinroq “Navbahor”ga qarshi qiyin uchrashuvda yagona golni kiritdi.

Javlon Ibrohimov — 2 ta gol

Ibrohimov raqib hujumlarini buzishi bilan yodda qoladigan futbolchi. Aprel oyida u sermahsullikka ham erishdi. Navoiyda u urgan gol “Bunyodkor”ga muhim 3 ochko keltirdi. Keyinroq esa “Metallurg” darvozasi ishg'ol etildi. Umuman olganda Javlon Ibrohimov qiyin davrda jamoasini ortidan ergashtirishga harakat qilyapti.

Sardor Azimov — 1 ta gol va 1 ta golli uzatma

Azimov “So'g'diyona” etakchisi bo'lish uchun harakat qilyapti. Uning yagona goli evaziga jizzaxliklar “Qo'qon-1912” klubiga qarshi o'yinda mag'lubiyatdan qutilib qolgandi. “Nasaf” bilan o'yindagi tarixiy g'alabaga ham futbolchi katta hissa qo'shdi. Golbanning avtogoli uning to'p oshirishi sabab yuzaga keldi. Ikkinchi bo'limda ham jizzaxliklar aynan Azimovning pasidan so'ng gol urdi.

Sanat SHixov — 1 ta golli uzatma


SHixov faoliyatini hujumda boshlagan bo'lsa-da, Ulug'bek Baqoev undan qanot himoyachisi sifatida foydalanmoqda. Natijalar hozircha yomon emas. “Buxoro” aprel oyida 3 ta bellashuvni quruq seriya bilan yakunladi. Demak, bunda himoyachining hissasi katta. “Paxtakor” bilan o'yinda Sanat haqiqiy qahramonlik ko'rsatib, ikki bor to'pni darvoza chizig'i ustidan qaytarib yubordi. AGMK bilan o'yinda esa golli uzatmani amalga oshirdi.

Aprel oyining eng yaxshilariga Superliga klublari bosh murabbiylari hamda sardorlari ovoz beradi. SHuningdek, Championat.asia nashri muxlislar o'rtasida so'rovnoma o'tkazadi. Murabbiy va sardorlar ovoziga ko'ra eng yaxshilarga 1-3 ochko beriladi. Muxlislarning ovozi esa o'rniga qarab 2-6 ochkoga o'tadi.




Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика