So’nggi yangiliklar

19:55Суперлига. "Бунёдкор" - "Хоразм" 1:0 (Матнли трансляция)  5 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  7 19:17АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед": Абдуқодир Ҳусанов асосий таркибда!  12 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  2 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  7 17:22"Бёрнли" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  5 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1 16:23"Арал" — "Олимпик". Таркиблар маълум  0 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  11 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  6 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1

APLdagilar ishqibozlarsiz o'tadigan o'yin vaqtida muxlislar shovqinini yoqishmoqchi. Bu ishni CHLning so'nggi o'yinlarida amalga oshirishgandi Yangiliklar

APLdagilar ishqibozlarsiz o'tadigan o'yin vaqtida muxlislar shovqinini yoqishmoqchi. Bu ishni CHLning so'nggi o'yinlarida amalga oshirishgandi

Siz qanday fikrdasiz?

Angliyada koronavirus bilan bog'liq vaziyat yaxshi emas: Buyuk Britaniyada kasallanish o'zining cho'qqisiga chiqqani yo'q, ammo klublar mavsum davom etishiga tayyorgarlik ko'rishmoqda (muxlislarsiz).


Masalan, "Brayton" va yana bir nechta klub tribunada muxlislarning qo'shiqlari yozilgan ovozni yoqib qo'ymoqchi. Bundan tashqari teletranslyaciyada ko'rinadigan tribunalarni biror material bilan yopib qo'yish va pirotexnik shoular haqida bosh qotirishmoqda. Bo'sh stadionda bu shartmi?


"Klubdagilar stadionga bezak berish haqida o'ylashni boshlab yuborishgan. Oddiy ko'k o'rindiqlar o'rniga biror narsa uyushtirarmiz. Qandaydir tovush yoqib qo'yarmiz, ammo uyda o'tirgan muxlislar va translyaciyadagilar buni istayotganmikan?

Ishqibozlarsiz futbol biz istagan o'yin emas, ammo bu chempionatlarni davom ettirishning yagona yo'li va uni tanlashga majburmiz.

Ko'k o'rindiqlar yopib qo'yilishini istayman. U erga milliy sog'liqni saqlash xizmatiga minnatdorchilik so'zlari yozilgan bannerni qo'yishimiz mumkin, biz tribunani yaxshi maqsadda ishlatamiz" - deydi "Brayton" ijro direktori Pol Barber.


"Mestalya"da bunday ishni amalga oshirib bo'lishgan: "Valensiya" "Atalanta"ga qarshi bo'sh arenada o'ynaganida muxlislarning shovqini yozilgan audio yoqib qo'yilgan edi.


Yana bir voqea Parijda bo'lgan: PSJ "Borussiya"ga qarshi javob o'yinidan oldin arenaga nafaqat ovoz kuchaytirgich olib kirgan, balki ekran orqali muxlislar fan-zonasini ko'rsatib turgandi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика