So’nggi yangiliklar

19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  7 19:17АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед": Абдуқодир Ҳусанов асосий таркибда!  10 19:05Суперлига. "Бунёдкор" - "Хоразм" 1:0 (Матнли трансляция)  5 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  2 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  7 17:22"Бёрнли" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  4 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1 16:23"Арал" — "Олимпик". Таркиблар маълум  0 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  11 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  6 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1

APL. Sizlarni sog'indik FOTO Yangiliklar

Bir qator yulduzlar turli sabablarga ko'ra 2015-2016 yilgi mavsumning dastlabki o'yinlarida umuman maydonga tusha olishmadi. Biz o'quvchilarimizga bu futbolchilarni eslatamiz.


Rayan SHoukross "Stok Siti"

SHoukross APL ilk turidan oldin jarohat olgandi. Noyabr oyida maydonga tusha oladi. U so'nggi bor maydonga tushganida Falkao hali MYU safida o'ynardi. 



Stiven Pinar "Everton"

Afrikalik futbolchi yozda jarohat olgandi. Keyingi haftada u yana maydonga tushib hakamlar tortishishi mumkin bo'ladi. 



Filip Senderos "Aston Villa"

SHveycariyalik himoyachida hech qanday jarohat yo'q. SHunchaki "Villa" ustozi Tim SHervud uni maydonga tushrishni istamadi. Qizig'i SHervurd kuni kecha istefoga chiqarildi. Balki endi Senderos uchun "yashil chiroq" yongandir. 



SHarl NZogbia "Aston Villa"

"Uigan" safida APLda porlagan franciyalik futbolchining holati ham Senderosniki bilan bir xil. Uni ham SHervud o'z rejalariga kiritmagandi.



Ues Braun "Sanderlend"

"Manchester Yunayted" klubi sobiq himoyachisi Dik Advokat davrida maydonga tushmasdi. Yangi murabbiy Sem Ellardays ham hozircha unga ehtiyoj sezayotgani yo'q.



SHey Given "Stok Siti"

Irlandiyalik faxriy darvozabon ham bu mavsumda APLda umuman maydonga tushmadi. Bosh murabbiy Mark Xyuz yosh Jek Batlendga ishonch bildirmoqda. 



Gael Klishi "Manchester Siti"

Franciyalik qanot himoyachisi bu mavsumda Manuel Pellegrini tomonidan tarkibga kiritilayotgani yo'q. Unda ham hech qanday jarohat yo'q.



Viktor Valdes "Manchester Yunayted"

Ispaniyalik darvozabonning MYUdagi holatini juda ko'pchilik biladi. Valdesdan Lui Van Galning ko'ngli qolgan. Yanvar oyida "Barselona"ning sobiq futbolchisi klubdan ketishi deyarli aniq.



Eyden Makgidi "Everton"

O'tgan mavsum "Everton"ning asosiy tarkib futbolchisi bo'lgan Makgidi bu mavsumda Roberto Martinezning rejalariga kirmay qoldi. Hozircha u faqat maydonda shunday tarzda rasmga tusha oladi xolos...



Kolo Ture "Liverpul"

Xabib Kolo Ture futbolchilik libosini sog'inib qolgani aniq. Sababi u so'nggi bor APLda o'tgan mavsum aprel oyida maydonga tushgandi. Brendan Rojers uni tarkibga kiritmayotgandi. Yurgen Klopp ham tajribali himoyachiga ehtiyoj sezmayapti.



Leyton Beyns "Everton"

Avgust oyida jarohat olgan Beyns noyabr oyi boshida maydonga qaytishi kutilmoqda. 



Jek Uilsher "Arsenal"

Mavsumoldi o'yinlar vaqtida jarohat olib safdan chiqqan Jek yangi yil arafasida maydonga tushishi mumkin. Hozircha faqat jamoaviy rasmga tushishda ishtirok eta oladi xolos.



Enner Valensiya "Vest Xem"

Ekvadorlik hujumchi o'tgan mavsumda 4ta gol urgandi. Bu mavsum boshini esa jarohat tufayli o'tkazib yubordi. Oktyabr oyi ikkinchi qismida jarohatini davolab safga qaytdi. Ammo hozircha maydonga tushgani yo'q. Muxlislar uni sog'inib qolishdi, ayniqsa "Vest Xem" muxlislari...



Michu "Suonsi"

2014 yil noyabr oyida jarohat olgan ispaniyalik hujumchi shu yilning aprel oyida safga qaytdi. Ammo yangi mavsumda umuman maydonga tushgani yo'q. Garri Monk hozircha Gomisni asosiy hujumchi sifatida ko'rmoqda. Michu o'z vaqtida "Manchester Yunayted" darvozasiga gollar urgandi.




Denni Uelbek "Arsenal"
Aprel oyida jarohat olgan hujumchi taxminan yanvar oyi oxirlarida safga qaytadi. Hozircha esa faqat maydon chetda yuta oladi xolos...


Sizchi, siz kimni sog'indingiz?


Narzulla Saydullaev

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика