So’nggi yangiliklar

19:44Аббосбек Ўлмасбеков: "Осиё Кубоги саралашида ҳар учала ўйинда ютишни ният қилганмиз"  0 19:13Ромеро: "Месси ЖЧ-2026га келиб яхши формада бўлади"  4 18:45Ўзбекистон футзал терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Японияга имкониятни бой берди  7 18:28Про лига. Икки киши майдондан четлатилган ўйинда "Локомотив" "Олимпик-MobiUz" билан муроса кўчасини танлади  0 18:15Скоулз МЮнинг ёзги трансфер кампаниясини қоралади  2 17:48Расман: "Андижон" собиқ устози "Бухоро"да иш бошлади  13 17:26Эшитдик-да! "Зўр ТВ" Чемпионлар Лигасини намойиш этади  16 16:22Месси гол урилмаган пенальтилар сони бўйича Роналдуга яқинлашиб олди  2 15:39"Насаф" аламли тарзда мағлубиятга учраган муҳташам "Қирол Абдуллоҳ" стадионидан ГАЛЕРЕЯ  9 15:05"Реал" умидли ҳимоячи билан шартномани узайтирди  0 14:38"Арсенал" "Атлетик" билан ўйинда икки асосий ўйинчисидан фойдалана олмайди  3 14:04Лизаразю "Ал Насср"га трансфер бўлган Команни танқид қилди  3 13:35Беллингем ва Камавинга "Реал"нинг ЕЧЛ учун қайдномасига киритилган ҳамда "Қайрат"га қарши ўйнаши мумкин  1 13:08Гвардиола мураббий сифатида топ-лигалардаги 600-ўйинида қатнашди. Ғалабалар фоизи сизни ҳайратда қолдиради  11 12:40"Насаф"нинг халқаро майдондаги мағлубиятли серияси давом этмоқда  20

APL. Marsyalning uchta goli "Manchester Yunayted"ga uch ochko taqdim etdi Yangiliklar

APL. Marsyalning uchta goli "Manchester Yunayted"ga uch ochko taqdim etdi

Angliya Premer-Ligasi 31-turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted" hamda "SHeffild Yunayted" jamoalari o'rtasidagi o'yin yakuniga etdi.

"Manchester Yunayted" – "SHeffild Yunayted" 3:0 

Gollar: 1:0 – 7 Marsyal, 2:0 – 44 Marsyal, 3:0 – 74 Marsyal.

"Manchester Yunayted" – De Xea, Lindelef, Uan-Bissaka, SHou, Maguayr, Pogba (Pereyra, 80), Brunu Fernandesh (Maktomini, 80), Matich, Marsyal (Igalo, 80), Grinvud (Mata, 81), Reshford (Djeyms, 80).

"SHeffild Yunayted" – Mur, Stivens, Djagelka, Bashem, Boldok, Landstrem, Flek, Norvud (Berge, 46), Robinson, Musse (Makberni, 46), Makgoldrik (Jivkovich, 64).

Ogohlantirishlar: SHou (67)


APL JADVALI


MATNLI TRANSLYACIYA

90+3. UCHRASHUV YAKUNLANDI. "Manchester Yunayted" navbatdagi uch ochkoga ega chiqdi. 

90. Ikkinchi bo'limga ham 3 daqiqa qo'shib berildi. 

88. Igalo raqib darvozasi oldida yaxshi imkoniyatga ega bo'lgandi. Biroq Mur "qizil iblislar" posboniga halal berdi. 

84. O'yin tempi juda past. SHiddatli kurashlar, tezkor hujumlar yo'q. APLga hos bo'lmagan o'yin. 

81. Maydonda deyarli boshqa "Manchester Yunayted"ni ko'radigan bo'ldik. 

80. Marsyal, Pogba, Reshford, Grinvud, Brunu maydonni tark etdi. Ularning o'rniga Pereyra, Jeyms, Igalo, Mata va Maktomini maydonga tushirildi. 

78. MYU safida besh nafar futbolchi maydonga tushishga tayyorgarlik ko'rmoqda. 

UCHRASHUVDAGI UCHINCHI GOLNI TOMOSHA QILISH

74. GOOOLLL!! XET-TRIK! Reshfordning pasidan so'ng Marsyal uchinchi golni raqib darvozasiga yo'lladi!

71. Grinvud raqib darvozasi tomon zarba berdi. Ammo noaniq. 

67. SHou raqibga nisbatan qo'pol harakat qilgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi. 

64. Devid Makgoldrik o'rniga Rishayro Jivkovich uchrashuvni davom ettiradi.

62. Pogba raqib darvozasi tomon "reyd" uyushtirgandi. Biroq raqiblar hujumni bartaraf etishdi. 

55. Xavfli vaziyattt! Grinvudning chap oyoqda bergan zarbasi biroz noaniq bo'ldi. 

52. Uan-Bissaka mehmonlar tomonidan uyushtirilgan hujumni bartaraf etdi. 

50. Tanaffus vaqtida mehmonlar safida ikkita o'zgarish amalga oshirilgan ekan. Oliver Norvud o'rniga Sander Berge, Lis Musse o'rnida Oliver MakBerni maydonda harakat qilmoqda.

48. Taym boshida hozircha to'p nazorati "SHeffild"da.

IKKINCHI BO'LIM BOSHLANMOQDA!

O'YINDAGI IKKINCHI GOLNI TOMOSHA QILISH

45+3. BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI! TANAFFUS!

45+1. Grinvudning yo'llagan zarbasi kuchsiz chiqdi. 

45. Birinchi bo'limdagi to'xtalishlar uchun 3 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

44. GOLLLL! Yana Marsyal! Yana o'ng qanotdan etkazib berilgan to'pni Marsyal golga aylantirdi! Bu safar unga to'pni Uan-Bissaka etkazib berdi - 2:0!

36. Brunuda biroz muammolar bo'lgandek ko'rindi. Ammo u maydonga qaytdi. Barchasi joyida.

30. "SHeffild Yunayted" biroz oldinga o'ta boshladi.

UCHRASHUVDAGI BIRINCHI GOLNI TOMOSHA QILISH

24. Hakam kichik tanaffus elon qildi. Futbolchilar tomoqlarni ho'llab olishmoqda.

21. Maguayr boshi bilan raqib darvozasini ishg'ol qilgandi. Faqat u gol kiritayotgan paytda raqib futbolchisiga nisbatan biroz qo'pollik ishlatgan ekan. Gol hisobga olinmadi. 1:0. Davom etamiz.

18. Brunu Fernandeshning jarimadan bergan zarbasini Mur qaytarib qoldi. 

13. Xavfli vaziyattttt..... Reshford va Marsyal tomonidan uyushtirilgan kombinaciya samarasiz yakunlandi. Ushbu vaziyatda "SHeffild" himoyachisi halal berib qolmaganida hisob 2:0 ko'rinishiga kelgan bo'lardi. 

Aytgancha, APLda tur doirasida o'tkazilayotgan yana uchta o'yinning ONLAYN HISOBI bilan USHBU SAHIFAda tanishib borishingiz mumkin bo'ladi.  

7. GOOOLL!!! Marsyal qanotdan Reshfordning etkazib bergan to'pini raqiblar darvozasiga joylab qo'ydi. Hisob ochildi - 1:0!

5. O'yindagi birinchi burchak to'pini "qizil iblislar" ishlashdi. Biroq, mezbonlar ushbu standart vaziyatdan unumli foydalana olishmadi. Mehmonlar hozircha himoyada bexato harakat qilishmoqda.

2. Uchrashuv boshida kutilmaganda mehmonlar to'p bilan muomala qilishda ustunlik qilishmoqda.

1. O'yin bir daqiqalik boshlandi!

Jamoalar stadionga kelib chiqishmoqda.

Bugungi uchrashuv "Futbol - muxlislarsiz xech narsa" shiori ostida o'tkazilmoqda. Ushbu so'zlar afsonaviy Matt Basbiga tegishli. 

O'yin boshlanishiga oz vaqt qolmoqda.


Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:00da boshlanadi.

Manchester United

Anthony Martial - 7', Anthony Martial - 44', Anthony Martial - 74'

Premier League . 31-tur

24/06/2020, 23:00

0
:
3
Tugadi

Sheffield United

Stadion: Old Trafford, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Anthony Taylor

45'
90'
7'  Anthony Martial
7'  Marcus Rashford
44'  Anthony Martial
44'  Aaron Wan-Bissaka
67'  Luke Shaw
74'  Anthony Martial
74'  Marcus Rashford
80'  Anthony Martial (Odion Ighalo)
80'  Paul Pogba (Andreas Pereira)
80'  Bruno Fernandes (Scott McTominay)
80'  Marcus Rashford (Daniel James)
81'  Mason Greenwood (Juan Mata)
46'  Oliver Norwood (Sander Berge)
46'  Lys Mousset (Oliver McBurnie)
64'  David McGoldrick (Richairo Zivkovic)

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика