So’nggi yangiliklar

12:58Инсайдер Романо Гюлернинг режалари ҳақида гапирди  0 12:48Мухтор Қурбонов: "БАА билан уйда ўйнаётганимизни илк дақиқалардан кўрсатишимиз керак"  0 12:27Ямалнинг жароҳати жиддийми?  1 11:53Подольски 39 ёшида фаолиятини якунлади. Хайрлашув ўйини Кёльнда 50 000 мухлис қаршисида бўлиб ўтди  1 11:20"Ювентус" ёзда Влаховични сотиши мумкин, нега?  0 10:50Баҳром Ҳайдаров: "Биринчи навбатда узоқ кутилган ғалаба билан барчани табриклайман"  0 10:16Ҳарри Магуайр қишда жамоани тарк этaди. МЮ футболчига нарх қўйди  5 09:44Алексей Евстафеев: "Бундай учрашувларда мағлуб бўлиб аламли"  3 09:10"Барселона" етакчиси жароҳат олди  1 08:37Бугун ёшларимиз Аргентинага қарши иккинчи учрашувини ўтказади  2 08:03Вадим Абрамов: «Нотўғри ўйнадик, кетма-кет икки ўйинда ҳам одатдаги ўйинимизни кўрсата олмаганимиз мени кўпроқ безовта қилади»  3 07:29Теннис афсонаси "Реал Мадрид" президенти бўлмоқчи  3 01:46Ўзбекистон терма жамоасининг шанба кунги машғулоти  6 01:42Миллатлар лигаси. Испания, Португалия, Сербия, Руминияда ғалаба, Беларусь ва Шимолий Ирландия нурсиз дуранг ўйнади  10 01:31"Ливерпуль" туркиялик футболчига қизиқмоқда  2

APL. "Manchester Siti" "Vest Xem"ni kichik hisobda mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

APL. "Manchester Siti" "Vest Xem"ni kichik hisobda mag'lubiyatga uchratdi

Angliya chempionatining 13-turidan o'rin olgan uchrashuv yakunlandi.

"Manchester Siti" — "Vest Xem" 2:1

Gol: 1:0 – 33 Gyundogan, 2:0 – 90 Fernandino, 2:1 – 90 Lansini.

Manchester Siti – Ederson, Uoker, Laport, Ruben Diash, Joau Kanselu, Gyundogan, Bernardu Silva, Rodri, Sterling (Fernandino, 87), Marez, Gabriel Jezus.

Vest Xem – Fabianski, Djonson, Douson, Zuma, Kressuell (Coufal, 61), Masuaku (Bouen, 74), Souchek, Rays, Fornals, Antonio, Benraxma (Lansini, 59).

Ogohlantirishlar: Laport (29), Joau Kanselu (61).


YANGILASH

MEHMONLAR GOLNI NISHONLAB ULGURMASDAN, HAKAM FINAL HUSHTAGINI CHALDI. "MANCHESTER SITI" O'Z MAYDONIDA HAQLI G'ALABAGA ERISHDI.

90+4. GOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL!!! "Vest Xem" hisobni qisqartirdi. Lansining goli "Siti"ning ikki golidanam chiroyliroq chiqdi. Edersonning otilib berishiyam golni yanada go'zal tus olishiga xizmat qildi.

90+1. Hali o'ziga kelib ulgurmagan mehmonlar Silvadan navbatdagi golni qabul qilib oldi. Biroq portugaliyalik o'yinchi ofsayd holatida edi.

Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

90. GOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL!!! Yaqindagina maydonga tushgan Fernandino uchrashuvga deyarli nuqta qo'ydi. Jezusning chap qanotdan oldinga borib, markazga uzatmasi natijasida braziliyalik futbolchi darvozabonni qotirib qo'yadigan zarba yo'lladi.

89. Bugungi uchrashuvning yarmi bahor, yarmi qish bo'ldi.

87. Sterling o'rniga Fernandino o'yinga qo'shildi.

86. Rays katta tezlikda oldinga bordi, biroq yakuniy pasni berguncha, maydon tugab qoldi.

85. Mehmonlar kamdan-kam hujumlaridan birini burchak to'pi ishlash bilan yukunladi.

80. Gyundogan dublga erishishi mumkin edi, Fabianski birga-bir vaziyatda to'pni qaytardi.

78. ZARBA! "Vest Xem" judayam uzoq kutilgan hujum tashkillashtirdi hamda zarba ham yo'lladi, Edersondan seyv!

75. Nihoyat, Edersonga ham to'p keldi. Uni uyiga ketib qolgan deb o'ylabman.

74. "Vest Xem"da o'zgarish: Masuaku o'rniga Bouen bahsga qo'shildi.

71. Vaziyat bartaraf etildi. To'p hamon mezbonlarda. "Vest Xem" futbolchilarining tillari osilib qolishmadimikan to'p ketidan quvaverib?!.

70. "Siti"da yana bir burchak zarbasi yuzaga keldi.

68. Sterling burchak zarbasi ishlab oldi. Kornerlar bo'yicha "Siti" 4-3 hisobida oldinda.

67. "Vest Xem" hujum tashkillashtirayotganda jamoaning ikki futbolchisi to'p talashib, uni yo'qotdi.

64. Zarbalar bo'yicha ko'rsatkich: 11-1

61. Mehmonlarda yana bir o'zgarish: Coufal jarohat olgan Kressuell o'rniga maydonga tushdi.

60. Kanselu raqibiga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi.

59. "Vest Xem"da o'zgarish: Benraxma o'rniga Lansini o'yinga qo'shildi.

56. Ux! Kressuell darvoza to'sini bilan to'qnashib ketdi. Uning to'qnashuvini ko'rib, mening belim zirqirab ketdi. Muhimi, himoyachi jamoasini goldan qutqardi.

54. Yashil maydonda o'yin tempi pasaygan, jamoalar birinchi taymda ko'p kuch yo'qotishgan ko'rinadi.

50. Mezbonlar to'pni nazorat qilishmoqda. Hujum tashkillatirishga shoshishmayapti.

47. "Siti" ikkinchi bo'limni ham faol boshladi. Dastlabki hujum natijasida burchak zarbasi ishlab olindi.

Yarim soatlik tanaffusdan so'ng ikkinchi bo'lim boshlandi.

Tanaffus qahramonlari

Birinchi bo'lim yakunlandi. 15 daqiqa tanaffusdan so'ng qor o'ynashga qaytamiz.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi. Hozirgi ob-havoda bu ham ko'plik qiladi.

44. To'pni nazorat qilish so'nggi 5 daqiqada: 93-7

41. Zarba! "Siti" futbolchisi dastlab uzoqdan zarba yo'lladi, qaytgan to'pga Marez zarba berdi, to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi.

39. "Vest Xem" burchak to'pi ishlab oldi. Bugun "Siti" ham kombinacion o'yindan biroz chekinmoqda.

Qor yog'ishi jadallashmoqda. Vetnam - O'zbekiston o'yini yodingizdami?

37. Jezus ikkinchi golni kiritishi mumkin edi. Bugun "shaharliklar" ko'proq zarba yo'llashga harakat qilmoqda. 

Boshni asrash kerak

33. GOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLL!!! Gyundogan hisobni ochdi. Kanselu o'ng qanotga Marezga uzatdi, u esa markazdagi sherigini topdi. Sterling atayin to'pni o'tkazib yubordi hamda Ilkay osonlikcha darvozani ishg'ol qildi.

32. Angliyada laylakqor, bizning o'lka qorga zor...

29. Antonioga nisbatan jarima maydoni yaqinida qo'pollik ishlatildi. Laporta sariq kartochka bilan jazolandi. Antonio jarima maydoniga qarab, bir qadam qolgandi etishga senga deb qo'ygandir ichida.

28. STERLING! CHap qanotdan to'pni o'ziga to'g'rilab olgan ingliz futbolchisi darvozaning olis burchagini nishonga olib ko'rdi. Noaniq.

25. Laport Antonioga nisbatan qo'pol o'ynadi.

23. Benraxma Edersonning sovuq qotmayotganini sinab ko'rdi. Braziliyalik posbonda hammasi joyida.

20. Jezus Benraxmadan shapaloq edi. Ammo bu atayin sodir bo'lmadi, to'p uchun kurashda Gabrielning yuziga raqibining qo'li tegib ketdi.

19. Bernarduning uzatmasidan so'ng Gyundogan orqamachasiga zarba berdi, biroq ko'ngildagidek chiqmadi.

16. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL!!! Marez!!! Yo'q, ofsayd ekan. Gol bekor qilindi.

16. ZARBA! Laportning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.

15. Sterlingning jarima maydoni markaziga uzatgan to'pini Douson bartaraf etdi.

14. Bernardu jarima maydoniga oshirilgan to'pni to'xtatdi, ammo zarba bera olmadi.

12. Bernarduga nisbatan qoida buzildi.

10. Mehmonlar uzoq sukutdan so'ng hujumga borishdi, himoyachilar amallab to'pni qaytarishdi.

7. Uoker uzoq masofadan Fabianskining suvidishini nishonga oldi. 

6. Fornals Antonioning uzatmasidan so'ng to'pni to'xtata olmadi, aks holda unda qulay vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi.

2. Uchrashuvni, kutilganidek, mezbonlar faol boshladi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика